O'zbekiston

Toshkentda yil boshidan beri bir nechta og‘ir oqibatli YTHlar sodir bo‘ldi — IIBB

YTHlarga haydovchilarning yuqori tezlikda va qizil chiroqda harakatlangani sabab bo‘lgan.

Toshkentda yil boshidan beri bir nechta og‘ir oqibatli YTHlar sodir bo‘ldi — IIBB

Toshkent shahrida 2026-yil boshidan buyon bir nechta og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalari qayd etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida Nexia-3 haydovchisi taxminan 130–135 km/soat tezlikda harakatlanib, svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida chorrahaga kirgan va piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.

 

Yana bir holat Nurafshon va Sebzor ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. Unda Gentra haydovchisi qizil chiroqda harakatlanib, Matiz bilan to‘qnashgan. Zarba oqibatida Matiz haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

 

Yashnobod tumanida esa skuter haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, yo‘l chetida turgan maxsus texnika — avtokran ilgagiga urilgan. Hodisa oqibatida skuter boshqaruvchisi voqea joyida halok bo‘lgan.

 

Uchtepa tumanida qayd etilgan yana bir YTHda Nexia-3 haydovchisi taxminan 93 km/soat tezlikda harakatlanib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Piyoda og‘ir tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

 

IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi katta tergovchisi Asliddin Salohiddinov yo‘l harakati qoidalariga amal qilish jarimadan qochish emas, balki insonning o‘z hayoti va atrofdagilar xavfsizligining kafolati ekanini ta’kidladi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim haydovchilar belgilangan tezlikka amal qilmasdan, o‘z imkoniyatlariga ortiqcha ishonib harakatlanmoqda. 

 

“Ko‘pincha haydovchining o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortib ketadi. Ya’ni ‘to‘xtay olaman’ degan fikr qoidabuzarlikka sabab bo‘ladi”, — dedi mutasaddi.

 

Boshqarma haydovchilar, piyodalar va barcha yo‘l harakati ishtirokchilarini ehtiyotkor bo‘lishga, tezlikni oshirmaslikka hamda qoidalarga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2025-yilda yo‘l-transport hodisalari oqibatida 2188 kishi vafot etgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yildagi 2199 nafarga nisbatan biroz kamaygan. Shuningdek, o‘tgan yil davomida 8901 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan bo‘lib, bu 2024-yilga nisbatan 30 taga kam hisoblanadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

Musobaqalarda 90 dan ortiq mamlakatdan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev nomiga Mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan xorijdan tabrik maktublari kelmoqda

Xorijiy hamkorlar o‘z maktublarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va xalqaro maydondagi faol rolini yuqori baholagan.

custom img

O‘zbek tilini o‘rganish xalqaro darajaga chiqmoqda

Oksford talabalari uchun O‘zbekistonda Yozgi maktab o‘z ishini boshladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘z tabrigida mamlakat rivoji oldida qator yirik vazifalar turganini ta’kidladi.

custom img

Rossiyadan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Yana 22 nafar bolani O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

custom img

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yong‘in chiqdi

Rekonstruksiya qilinayotgan bino hovlisidagi elektr qutisi yongan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Bishkek shahriga yetib bordi

“Manas” xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Adilbek Qasimaliyev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

O‘zbekistonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yer silkinishi Gazli shahri, Peshko‘ va Jondor tumanida sezilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"