O'zbekiston

Ogohlantirishga qaramay "rul"ga o‘tirgan 238 nafar bitiruvchi ushlandi

Ayrim viloyatlarda bitiruv tadbiriga avtomobil boshqarib kelgan qizlar ham aniqlangan.

Ogohlantirishga qaramay "rul"ga o‘tirgan 238 nafar bitiruvchi ushlandi

 

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari kuni maktab o‘quvchilari tomonidan avtomashinalardan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 238 ta holat aniqlanganini ma’lum qildi.

 

YHXB matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshovning bildirishicha, 25-may kuni ertalab soat 07:00 dan 14:00 gacha olib borilgan nazorat tadbirlari davomida bir qator o‘quvchilar maktablarga avtomobil boshqarib kelgani qayd etilgan.

 

Qayd etilishicha, targ‘ibot va ogohlantirish ishlari olib borilganiga qaramasdan, o‘quvchilarning ota-onasiga tegishli yoki ijaraga olingan avtomashinalarni boshqarib kelish holatlari kuzatilgan. Aniqlangan qoidabuzarlar orasida 11- va 9-sinf o‘quvchilari bilan bir qatorda hatto 8-sinf o‘quvchilari ham bo‘lgani ma’lum qilingan.

 

Shuningdek, Xorazm viloyatida bitiruv tadbiriga avtomobil boshqarib kelgan qizlar ham aniqlangani bildirilgan.

 

“Bayram tadbirlarini ko‘ngilsiz hodisalarsiz o‘tkazish maqsadida minglab yo‘l-patrul xizmati hamda ichki ishlar organlari xodimlari maktablar atrofida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib bormoqda”, deyiladi YHXB axborotida.

 

Mas’ullar ota-onalarni farzandlari hayoti va xavfsizligiga befarq bo‘lmaslikka, voyaga yetmaganlarning avtomobil boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Nazorat tadbirlari davom etayotgani ma’lum qilindi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.