Jahon

Yaponiyada noqonuniy migrantlar ijtimoiy tarmoqlar orqali nazorat qilinadi

Mamlakatda onlayn platformalarni monitoring qiluvchi maxsus bo‘linma tashkil etiladi.

Yaponiyada noqonuniy migrantlar ijtimoiy tarmoqlar orqali nazorat qilinadi

 

Yaponiya hukumati noqonuniy immigratsiyaga qarshi nazorat choralarini kuchaytirmoqda. South China Morning Post (SCMP) nashri xabariga ko‘ra, mamlakat Immigratsiya xizmati kelgusi yilga qadar ijtimoiy tarmoqlar va onlayn platformalarni monitoring qiluvchi maxsus bo‘linma tashkil etishni rejalashtirmoqda.



Ma’lum qilinishicha, yangi tuzilma noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xorijliklar, shuningdek vizasi muddati o‘tib ketgan holda mamlakatda qolayotgan shaxslar haqida ma’lumot to‘plash bilan shug‘ullanadi.



Rasmiylar, ayniqsa, amaldagi hujjatlarsiz ishlayotgan migrantlarni yollayotgan ish beruvchilarga qarshi kurashishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu maqsadda xorijiy tillardagi ish e’lonlari va noqonuniy bandlikka oid ma’lumotlarni aniqlash uchun zamonaviy tahliliy vositalardan foydalanilishi rejalashtirilgan.



SCMP ma’lumotiga ko‘ra, Tokio shimoli-sharqidagi Ibaraki prefekturasida noqonuniy immigrantlarni ishga yollagan kompaniyalar haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish dasturi ham ishga tushirilgan. Agar murojaat asosida qonunbuzarlik aniqlansa, fuqarolarga 10 ming iyen miqdorida mukofot beriladi.



Qayd etilishicha, Yaponiya iqtisodiyotida ishchi kuchi tanqisligi kuzatilayotgani sababli xorijiy ishchilarga ehtiyoj ortib bormoqda. Hukumat statistikalariga ko‘ra, mamlakatda qonuniy faoliyat yuritayotgan xorijliklar soni 2025-yilda 2,57 million kishiga yetgan bo‘lib, bu avvalgi yilga nisbatan 11,7 foizga ko‘pdir.



Shuningdek, Yaponiyaga sayyohlik oqimi ham oshib bormoqda. Yaponiya Milliy turizm tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda Rossiyadan kelgan sayyohlar soni qariyb 195 ming kishiga yetgan.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"