Jahon

Isroil Bosh vaziri Netanyaxu kasalxonaga yotqizildi

U Quddusdagi Xadassa Eyn Kerem tibbiyot markaziga olib ketilgan.

Isroil Bosh vaziri Netanyaxu kasalxonaga yotqizildi

 

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Quddus shahrida joylashgan tibbiyot muassasasiga yotqizildi.

 

“Times of Israel” nashrining Isroil Bosh vaziri devoniga tayanib xabar berishicha, Netanyaxu 25-may kuni kechqurun Quddusdagi Xadassa Eyn Kerem tibbiyot markaziga olib ketilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil hukumati rahbari hozirda shifokorlar nazoratida bo‘lib, unga aniqlanmagan stomatologik tibbiy muolaja o‘tkazilmoqda. Rasmiy bayonotda uning holati barqaror ekani, zarur tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani qayd etilgan.

 

Shu bilan birga, nashrlar Netanyaxuning sog‘lig‘i so‘nggi yillarda jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari tomonidan muntazam kuzatib kelinayotganini ta’kidlaydi. Fuqarolar orasida uning sog‘lig‘i bo‘yicha turli taxminlar va savollar ham paydo bo‘lgan.

 

Avvalroq Isroil Bosh vaziri prostata bezida aniqlangan xavfli o‘sma sababli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan edi. Shifokorlar muntazam tekshiruvlar davomida kichik o‘lchamdagi o‘zgarishni aniqlagan va u muvaffaqiyatli olib tashlangan.

 

Bundan tashqari, Netanyaxuga ilgari yurak stimulyatori o‘rnatilgani ham ma’lum qilingan.

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rasmiylarga tabiiy ofat yetkazgan moddiy zarar yuzasidan qariyb 20 mingta murojaat kelib tushgan.

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dengiz orqali yuk tashishdagi uzilishlar, urushlar va qurg‘oqchilik global oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.