O'zbekiston

Mycoal.uz'dan ko‘mir xarid qilgan ehtiyojmand oilalarga 600 ming so‘mgacha yordam ajratiladi

Mazkur yordam bir martalik bo‘lib, 2026-yil iyun-dekabr oylarida “Ijtimoiy reyestr” kiritilgan oilalarga beriladi.

Mycoal.uz'dan ko‘mir xarid qilgan ehtiyojmand oilalarga 600 ming so‘mgacha yordam ajratiladi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Mycoal.uz portali orqali ko‘mir xarid qilgan “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarga joriy yilning iyun–dekabr oylarida 600 ming so‘mgacha bir martalik moddiy yordam ajratilishi ma’lum qilindi.

 

Import qilinadigan ko‘mir sifati va ekologik xavfsizligi bo‘yicha yangi talablar joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, respublika hududiga olib kiriladigan ko‘mirning oltingugurt miqdori, kaloriyasi va boshqa ko‘rsatkichlariga talablar ishlab chiqiladi. Belgilangan standartlarga javob bermaydigan import ko‘mirdan foydalanish va uni sotish taqiqlanadi. Kelgusida ko‘mir importi faqat temir yo‘l orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

 

Taqdimotda Nishbosh ko‘mir konini o‘zlashtirish loyihasi haqida ham axborot berildi. Loyihaning umumiy zaxirasi 233 million tonna bo‘lib, yillik qazib chiqarish quvvati 10 million tonnani tashkil etadi. Qiymati 494 million dollarlik loyiha doirasida 880 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, ushbu kon negizida umumiy quvvati 1,4 gigavatt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish taklif qilindi. Loyihaga ko‘ra, 1,3 milliard dollar investitsiya jalb etilib, har biri 350 megavatt quvvatga ega 4 ta energoblok ultra yuqori kritik texnologiyalar asosida bunyod etiladi.

 

Qurilish davrida 1,5 mingta, loyiha to‘liq ishga tushgach esa 310 ta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Stansiya yiliga o‘rtacha 9,8 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi va 2 milliard kub metr tabiiy gazni tejash imkonini berishi qayd etildi.

 

Shuningdek, taqdimotda tog‘-kon sanoatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Tahlillarga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda import o‘rnini bosish salohiyatini 2,1 milliard dollargacha yetkazish imkoniyati mavjud. Bu texnika, ehtiyot qismlar, kimyoviy reagentlar va yirik agregatlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga amalga oshirilishi mumkinligi bildirildi.

 

Shu munosabat bilan 2027–2030-yillarga mo‘ljallangan tog‘-kon sanoatida mahalliylashtirish strategiyasini ishlab chiqish topshirildi. Yakunda davlat rahbari bildirilgan takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

 

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.