O'zbekiston

Prezident O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan xorijdagi vatandoshlarni, dunyoning turli davlatlaridagi musulmonlarni ham qutlab, barchaga tinchlik va farovonlik tiladi.

Prezident O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan mamlakat aholisiga tabrik yo'lladi.

 

"Tinchlik, mehr-oqibat va saxovat bayrami – Iyd al-Adha muqaddas dinimiz mohiyatida mujassam bo‘lgan ezgu g‘oya va amallarni yaqqol ifoda etgan holda, hozirgi kunda mamlakatimizda insonparvarlik ruhida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizning ma’no-mazmuniga uyg‘un va hamohang ekani bilan barchamiz uchun yanada aziz va qadrli bo‘lib bormoqda", deyiladi tabrikda.

 

Davlat rahbari bu yil 15 mingdan ziyod o‘zbekistonlik haj amallarini ado etayotgani hamda ilk bor “Prezident hojilari” dasturi joriy etilganini qayd etdi.

 

Prezident o‘z tabrigida Qurbon hayiti mamlakatda osoyishtalik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini bildirib, yordamga muhtoj insonlar, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, mahalla va xonadonlarni obod qilishga qaratilgan ishlarda bayramning ezgu an’analari ilhom manbai bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.

 

Davlat rahbari keyingi yillarda O‘zbekistonning qadimiy tarixi va boy madaniy merosini, buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy-ma’rifiy merosini hamda islom dinining asl mohiyatini o‘rganish va targ‘ib etish ishlari yangi bosqichga ko‘tarilganini qayd etdi. Bu borada Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi hamda Marg‘ilondagi Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasi Yangi O‘zbekistonning noyob obidalari sifatida tilga olindi.

 

Tabrikda qayd etilishicha, yurtimizda diniy e’tiqod erkinligini ta’minlash bo‘yicha yaratilgan sharoitlar tufayli bu yil 15 mingdan ortiq vatandosh haj amalini ado etmoqda. 

 

Shuningdek, tarixda ilk bor joriy etilgan “Prezident hojilari” dasturi doirasida el-yurtga xizmat qilgan 100 nafar ulamo, nuroniy, mahalla faxriylari va ularning oila a’zolari haj safariga yuborilgan.

 

Prezident barcha hojilarni Qurbon hayiti bilan tabriklab, ularning ibodatlari qabul bo‘lishini tiladi. Shuningdek, muqaddas ziyoratdan qaytadigan hojilar jamiyatda ezgulik va ma’rifat targ‘ibotchilari sifatida faol ishtirok etishiga umid bildirildi.

 

Davlat rahbari xorijdagi musulmon davlatlar va hamkor mamlakatlarga ham tabrik yo‘llab, ularga tinchlik, ravnaq va farovonlik tiladi.

 

Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan bu yil ham bir necha kunlik dam olish kunlari belgilanganini eslatib, bayram kunlari ham xizmat vazifasini bajarayotgan harbiylarga minnatdorlik bildirdi. 

 

Shuningdek, chet ellarda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlarni ham samimiy tabrikladi.

 

Tabrik so‘ngida prezident xalqni Qurbon hayiti bilan yana bir bor qutlab, yurt tinchligi va farovonligi tilaklarini bildirdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.