O'zbekiston

Toshkentdagi maktabda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga oid jinoyat ishi tugatildi

IIV holat yuzasidan qo‘shimcha rasmiy ma’lumot taqdim etilishini bildirdi.

Toshkentdagi maktabda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga oid jinoyat ishi tugatildi

 

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-sonli maktabda yuz bergan mojaro yuzasidan o‘qituvchiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 19-may kuni sodir bo‘lgan. Maktabning informatika fani o‘qituvchisi hamda 9-sinf o‘quvchisi o‘rtasida dars jarayonida tortishuv kelib chiqqan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quvchi o‘qituvchi tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni bajarmagan hamda dars jarayoniga xalaqit bergan. Shundan so‘ng ular o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan o‘qituvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi — “Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

 

25-may kuni esa ushbu jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlangani ma’lum qilindi. Ichki ishlar vazirligi holat yuzasidan yaqin kunlarda qo‘shimcha rasmiy ma’lumot taqdim etilishini bildirdi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.