O'zbekiston

Turkiyadan buvisi tomonidan tazyiqqa uchragan 3 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Bolalar ta’lim jarayonidan ajratilib, ularga faqat diniy ta’lim berilgan.

Turkiyadan buvisi tomonidan tazyiqqa uchragan 3 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

 

O'zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasining ma’lum qilishicha, 12, 10 va 9 yoshli bolalar muntazam ravishda buvisi tomonidan jismoniy, ruhiy hamda ma’naviy tazyiqlarga duchor bo‘lib kelgan. Shuningdek, ular O‘zbekistondagi majburiy ta’lim jarayonidan ajratilib, Turkiyaga olib ketilgani, biroq u yerda ham hech bir ta’lim muassasasiga joylashtirilmagani aniqlangan. Bolalarning faqat diniy ta’lim olgani ma’lum bo‘lgan.

 

O‘rganishlar davomida bolalarning ota-onasi rasman ajrashgani, onasi esa Rossiyada istiqomat qilayotgani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmaganlar Bosh konsulxonaga olib kelinib, ular bilan psixolog ishtirokida suhbat o‘tkazilgan. Suhbat davomida bolalarning ruhiy holati, yashash sharoiti hamda keyingi taqdiri bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilingan.

 

Shuningdek, O‘zbekistonning tegishli mutasaddi idoralari ishtirokida ishchi guruh tashkil etilib, voyaga yetmaganlarga vaqtincha vasiy tayinlash, ularni Vatanga qaytarish va ta’lim jarayoniga qayta jalb etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilgan.

 

25-may kuni 3 nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi mas’ul xodim kuzatuvi ostida sog‘-salomat O‘zbekistonga qaytarilgan.

 

Hozirda bolalarni tegishli tashkilotlar tomonidan kutib olish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ta’limga qayta jalb etish hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Turkiyadan buvisi tomonidan tazyiqqa uchragan 3 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi | Zamon.uz