Jahon

Saudiya Arabistoni hojilarga tibbiy yordam ko‘rsatishda dronlardan foydalanmoqda

Makka shahrida havo harorati 45 darajagacha ko‘tarilgan. Ushbu tizim 1,5 milliondan ortiq hojilar to‘plangan gavjum yo‘llardagi tirbandlik muammosini kamaytirishga yordam bermoqda.

Saudiya Arabistoni hojilarga tibbiy yordam ko‘rsatishda dronlardan foydalanmoqda

Saudiya Arabistoni haj mavsumida hojilarga tibbiy xizmat ko‘rsatishda dronlardan foydalanmoqda. Bu haqda AFP agentligiga tayanib, Al-Monitor xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Makka shahrida havo harorati 45 darajagacha ko‘tarilgani sababli issiq urishi bilan bog‘liq holatlar ko‘paygan. Shu bois mamlakat sog‘liqni saqlash xizmati tibbiy markazlarni zarur vositalar bilan tezkor ta’minlash uchun uchuvchisiz uchar qurilmalarni ishga solgan.

 

Dronlar Makka, Mino va Arafot hududlaridagi 127 ta klinikaga dori-darmon va boshqa tibbiy vositalarni yetkazib bermoqda. Saudiya rasmiylariga ko‘ra, ushbu tizim 1,5 milliondan ortiq hojilar to‘plangan gavjum yo‘llardagi tirbandlik muammosini kamaytirishga yordam bermoqda.

 

Milliy yagona xarid kompaniyasi (NUPCO) bosh operatsion direktori Fahd Al-Bathi AFP’ga bergan izohida haj mavsumidagi tibbiy ehtiyojlarga tayyorgarlik ishlari to‘qqiz oy avval boshlanganini aytdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, dronlar joriy etilishidan avval haydovchilar tibbiy vositalar kamayib qolgan klinikalarga yetib borish uchun ba’zan bir soatdan ortiq vaqt sarflardi.

 

Saudiya Arabistoni haj mavsumida boshqa zamonaviy texnologiyalarni ham qo‘llamoqda. 

 

Jumladan, Makka va uning atrofidagi minglab kuzatuv kameralaridan olingan tasvirlarni nazorat qilishda sun’iy intellektdan foydalanilmoqda.

 

Shuningdek, jazirama issiqka qarshi ulkan ventilyatorlar, bepul suv tarqatish punktlari va nam purkash tizimlari ishga tushirilgan.

 

Saudiya sog‘liqni saqlash tizimi vakili Jamil Abu Al-Aynaynning ta’kidlashicha, haj mavsumida issiqdan holsizlanish asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Uning aytishicha, xizmatlar yuqori tayyorgarlik holatida faoliyat yuritmoqda.

Saudiya Arabistonida vertolyot quladi: ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistonida vertolyot quladi: ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi

Rasmiylar bunga texnik nosozlik sabab bo‘lganini bildirgan, Yamandagi husiylar esa vertolyot raketa bilan urib tushirilganini da’vo qilmoqda.

Isroillik ko‘chmanchilar diplomatlarga hujum qildi: Fransiya meri ham kaltaklandi

Isroillik ko‘chmanchilar diplomatlarga hujum qildi: Fransiya meri ham kaltaklandi

Delegatsiya falastinlik zaytun yig‘uvchilar holidan xabar olish uchun bosib olingan G‘arbiy Sohilga kelgan.

Sankt-Peterburgga dronlar hujum qildi: neft terminali va VK ma’lumotlar markazi nishonga olindi

Sankt-Peterburgga dronlar hujum qildi: neft terminali va VK ma’lumotlar markazi nishonga olindi

Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati dronlar hujumiga uchradi.

Janubiy Koreyada umrbodga qamalgan o‘zbekistonlik ozod qilindi: sud ishni qayta ko‘rib chiqadi

Janubiy Koreyada umrbodga qamalgan o‘zbekistonlik ozod qilindi: sud ishni qayta ko‘rib chiqadi

Sud 2009-yildagi taksi haydovchisi qotilligi bo‘yicha tergovda qonunbuzarliklar aniqlangani sababli ishni qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi.

Tramp va Putinning dizel kelishuvi: AQSH Kongressida uni bekor qilish taklif etildi

Tramp va Putinning dizel kelishuvi: AQSH Kongressida uni bekor qilish taklif etildi

Qonun loyihasi qabul qilinsa, Rossiya dizelini xalqaro bozorlarga yetkazib berishga berilgan vaqtinchalik ruxsat bekor qilinishi mumkin.

“Do‘zax sanksiyalari”: Tramp Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni bekor qildi

“Do‘zax sanksiyalari”: Tramp Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni bekor qildi

AQSh prezidenti Rossiya nefti va gazini xarid qiluvchi ayrim davlatlarga tariflar joriy etish choralarini ham to‘xtatdi.

Ikki samolyot Moskvaga qo‘na olmadi: O‘zbekiston reyslari yo‘nalishi o‘zgartirildi

Ikki samolyot Moskvaga qo‘na olmadi: O‘zbekiston reyslari yo‘nalishi o‘zgartirildi

Moskvada ehtimoliy dron hujumi xavfi sabab “Kovyor” rejimi joriy etilgani haqida xabarlar tarqaldi.

“Yashashda davom etishingiz kerak”: Janubiy Koreya prezidenti fuqarolarga murojaat qildi

“Yashashda davom etishingiz kerak”: Janubiy Koreya prezidenti fuqarolarga murojaat qildi

Mamlakat 2030-yilgacha o‘z joniga qasd qilish darajasini pasaytirmoqchi.