Jahon

Jo Bayden shaxsiy audioyozuvlar tarqalishini to‘xtatish uchun Adliya vazirligini sudga berdi

AQSh sobiq prezidenti tomoni bu materiallarning Kongress va ayrim tashkilotlarga berilishi uning shaxsiy hayotiga daxl qilishini bildirmoqda.

Jo Bayden shaxsiy audioyozuvlar tarqalishini to‘xtatish uchun Adliya vazirligini sudga berdi

AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden maxfiy hujjatlar bilan bog‘liq tergov doirasida olingan audioyozuvlar va stenogrammalar oshkor qilinishining oldini olish maqsadida Adliya vazirligini sudga berdi. Bu haqda AP xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha Vashington federal sudiga kiritilgan da’vo arizasida Bayden tarafi vazirlik ushbu materiallarni Kongress hamda konservativ “Heritage Foundation” tashkilotiga taqdim etishni rejalashtirayotganini bildirgan. Advokatlarga ko‘ra, bu Baydenning shaxsiy hayotiga asossiz aralashuv hisoblanadi.

 

Sud ishi Baydenning 2016–2017-yillarda yozuvchi Mark Zvonitser bilan uyida o‘tkazgan suhbatlari audioyozuvlari va stenogrammalariga taalluqli. Zvonitser sobiq prezidentning memuarlari ustida ishlagan. Keyinchalik ushbu materiallar Baydenning maxfiy hujjatlarni saqlashi yuzasidan maxsus prokuror Robert Hur olib borgan tergovda o‘rganilgan.

 

Baydenning huquqshunoslari “har bir amerikalik, jumladan amaldagi yoki sobiq vitse-prezident ham shaxsiy suhbatlari daxlsizligiga ega” ekanini ta’kidladi. Ularning fikricha, Adliya vazirligi jinoiy tergov davomida qo‘lga kiritilgan bunday ma’lumotlarni himoya qilish majburiyatiga ega.

 

Robert Hur boshchiligidagi bir yillik tergov yakunida tayyorlangan 345 betlik hisobotda Baydenning yoshi va xotirasi bilan bog‘liq savollar tilga olingan bo‘lsa-da, unga nisbatan jinoiy ayblov qo‘yilmagan. Maxsus prokuror sudda ayblovni isbotlash uchun yetarli dalil topilmaganini bildirgan.

 

Bayden avval ham Hur bilan bo‘lgan suhbat audioyozuvlari e’lon qilinishiga qarshi chiqqan edi. 2024-yilda Vakillar palatasi bosh prokuror Merrik Garlandni Kongressga hurmatsizlikda ayblash uchun ovoz bergan. Bunga Oq uy ijro hokimiyati imtiyozidan foydalanib, audioyozuvlarni Kongressga taqdim etmagani sabab bo‘lgan.

 

Shu bilan birga, federal prokurorlar bilan o‘tkazilgan besh soatlik suhbat stenogrammalari ommaga e’lon qilingan edi. Ularda Bayden ayrim sanalar va tafsilotlarni aniq eslay olmagani qayd etilgan.

 

Respublikachilar Bayden o‘zining Adliya vazirligi tomonidan himoya qilinayotganini ta’kidlab kelmoqda. Demokratlar esa sobiq prezident tergov bilan hamkorlik qilganini urg‘ulab, bu holatni Donald Trampga qarshi maxfiy hujjatlar bo‘yicha olib borilgan alohida jinoiy ish bilan solishtirmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Jo Bayden shaxsiy audioyozuvlar tarqalishini to‘xtatish uchun Adliya vazirligini sudga berdi | Zamon.uz