O'zbekiston

Prezident farmoni bilan bir guruh marhum ijodkorlar mukofotlandi

Mamlakatda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shgan marhum san’atkor, yozuvchi, hofiz, olimlar taqdirlandi.

Prezident farmoni bilan bir guruh marhum ijodkorlar mukofotlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Mamlakatimizda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

 

“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan:

 

  • Abbosov Shuhrat Solihovich — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, kinorejissyor
  • A’zamov G‘ani — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
  • Yoqubov Odil — O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi
  • Sadriyeva Zaynab — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
  • Umarov Hamza — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
  • Yunusov Obidjon — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor

 

“El-yurt hurmati” ordeni bilan:

 

  • Hoshimov O‘tkir — O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi

 

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan:

 

  • Zunnunova Saida — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira va yozuvchi
  • Hamidova Manzura — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
  • Hotamov Orifxon — O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi

 

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan:

 

  • Alixo‘jayev O‘lmas — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
  • Boltayeva Ikroma — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
  • Yoqubova Maryam — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
  • Zokirov Jamshid Karimovich — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor
  • Nurmatov Hojiakbar — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
  • Otaxonov Ochilxon — O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
  • Rahmatov Dias Nig‘matovich — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor
  • Rizayeva Yulduz — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktrisa
  • Saidjonov O‘lmas — O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
  • Tojiyev To‘lqin Jo‘rayevich — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor

 

“Do‘stlik” ordeni bilan:

 

  • G‘oipov Davron — estrada xonandasi
  • Mamadaliyev Rasulqori — xonanda va sozanda
  • Rtveladze Eduard Vasilyevich — akademik, arxeolog va san’atshunos olim
  • Sa’dullayev Sanjar Lutfullayevich — dublyaj aktyori
custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

custom img

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

custom img

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga “general-mayor” unvoni berildi

Shuningdek, qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini munosib nishonlash dasturlarini ishlab chiqish topshirildi.

custom img

1 yillik magistratura joriy etiladi: yangi o‘quv yilidan taʼlimning ikki yo‘nalishi belgilanadi

Amaliy dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari mutaxassisligiga qarab loyiha, startap, konstruktorlik loyihasi yoki boshqa amaliy ishni tayyorlab, himoya qiladi.

custom img

2,1 mlrd kub metr suv yo‘qotilmoqda: Qoraqalpog‘istonda kanallar betonlanadi

Qoraqalpog‘istonda 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga yiliga 5,7 milliard kub metr suv sarflanmoqda. Shundan 38 foizi, yaʼni 2 milliard 100 million kub metr suv yo‘qotilmoqda.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"