O'zbekiston

1-sentabrdan filmlar reklamasi uchun budjetning 30 foizigacha mablag‘ beriladi

Davlat buyurtmasi asosidagi filmlar daromadining 50 foizi prodyuser va ijodiy jamoalarga rag‘bat sifatida beriladi.

1-sentabrdan filmlar reklamasi uchun budjetning 30 foizigacha mablag‘ beriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvida kino sanoatini rivojlantirish va boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan qator yangi tashabbuslar e’lon qilindi.

 

Qayd etilishicha, joriy yilning 1-sentabridan boshlab davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan filmlarning targ‘ibot va reklama xarajatlari uchun loyiha budjetining 30 foizigacha mablag‘ ajratiladi. Shuningdek, bunday loyihalar bo‘yicha xarid shartnomalarini ekspertizadan o‘tkazish talabi bekor qilinadi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, xorijiy kompaniyalarning O‘zbekiston hududida kino mahsulotlari yaratish bilan bog‘liq faoliyati soliqlardan ozod etiladi.

 

Davlat buyurtmasi asosida suratga olingan filmlar namoyishidan tushgan mablag‘ning 50 foizi prodyuserlar va ijodiy jamoalarga qo‘shimcha rag‘bat sifatida yo‘naltiriladi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan o‘tkaziladigan “Oltin humo” milliy kino taqdimotining nufuzini oshirish maqsadida har yili 5 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.

 

Uchrashuvda Respublika kinematografiya komissiyasi hamda Milliy va Badiiy kengashlar faoliyati tanqid qilinib, ularning eskicha boshqaruv va samarasiz nazorat tizimidan voz kecha olmagani qayd etildi. Shu munosabat bilan mazkur komissiya va kengashlar faoliyatini tugatish taklifi ilgari surildi.

 

Endilikda kino janri va mavzusidan kelib chiqib, tegishli yo‘nalish mutaxassislaridan iborat haq to‘lanadigan ekspert guruhlari shakllantiriladi. Ushbu guruhlar tarkibiga O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi va Bastakorlar uyushmasi tavsiya etgan mutaxassislar kiritiladi.

 

Mutasaddilarga kino sohasida zamonaviy, ochiq va shaffof boshqaruv tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.