O'zbekiston

Ashula va raqs ansambllari xodimlarining ish haqi 2 baravar oshiriladi

Raqs ustalari uchun pensiya staji 20 yildan 15 yilga qisqartiriladi.

Ashula va raqs ansambllari xodimlarining ish haqi 2 baravar oshiriladi

 

Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvida san’atkorlar, ijodkorlar hamda madaniyat muassasalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator yangi tashabbuslar ilgari surildi.

 

Qayd etilishicha, 1-sentabrdan boshlab ashula va raqs ansambllarida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning ish haqi ikki baravar oshiriladi. Shuningdek, raqs ustalari uchun pensiya olishda talab etiladigan maxsus staj 20 yildan 15 yilga qisqartiriladi. Qolgan 5 yil davomida ular baletmeyster, repetitor yoki pedagog sifatida faoliyat yuritishi mumkin bo‘ladi.

 

Davlat rahbari Yangi Toshkentda barpo etilayotgan Maqom markazi yonida zamonaviy Raqs saroyini qurishni taklif qildi. Shu bilan birga, raqs san’atini rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqilishi belgilandi.

 

Kompozitor va bastakorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi ham qayta ko‘rib chiqiladi. Endilikda har yili opera, simfoniya va boshqa mumtoz hamda zamonaviy janrlarda kamida 20 ta yangi asar yaratish uchun davlat buyurtmasi beriladi.

 

Aholining madaniyat va san’atga qiziqishini oshirish maqsadida har yili 500 ming nafar o‘qituvchi, shifokor, davlat xizmatchisi, faol o‘quvchi va talabaga, shuningdek, 100 ming ehtiyojmand oila hamda nogironligi bo‘lgan bolalarga teatr, kino va konsertlar uchun bepul vaucherlar taqdim etiladi.

 

Shuningdek, 1-iyuldan boshlab har bir tuman va mahallada o‘tkaziladigan konsert-tomoshalar xarajatlarining 20 foizgacha qismi budjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, konsert-tomosha faoliyati, xususiy teatrlar, kinematografiya, bolalar kontenti ishlab chiqarish hamda madaniyat va san’at yo‘nalishidagi nodavlat ta’lim tashkilotlari bir qator soliqlardan ozod etiladi. Adabiyot, madaniyat va san’at rivojiga yo‘naltirilgan homiylik mablag‘lari ham soliqqa tortilmaydi.

 

Bundan tashqari, viloyat hokimliklari huzurida alohida direksiyalar tashkil etilib, ular konsert va teatr zallari faoliyatidan samarali foydalanish hamda madaniy tadbirlarni muntazam tashkil etishga mas’ul bo‘ladi.

 

Uchrashuvda ommaviy-madaniy tadbirlarni xavfsiz va tartibli tashkil etish masalalari ham muhokama qilinib, mas’ul idoralar bu boradagi javobgarlikni to‘liq zimmasiga olishi ta’kidlandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.