O'zbekiston

Har yili 1 ming nafar ijodkorga ipoteka krediti dastlabki to'lovining 50 foizi qoplab beriladi

Toshkentda faoliyat yuritayotgan ijodkorlarga oyiga 2,5 mln so‘mgacha, viloyatlarda esa 1,6 mln so‘mgacha ijara kompensatsiyasi to‘lanadi.

Har yili 1 ming nafar ijodkorga ipoteka krediti dastlabki to'lovining 50 foizi qoplab beriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvida adabiyot, madaniyat va san’at xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator yangi tashabbuslar e’lon qilindi.

 

Qayd etilishicha, shoir va yozuvchilar uchun munosib ijodiy muhit yaratish maqsadida yiliga kamida 50 ta eng sara asarga ijodiy buyurtma beriladi. Shuningdek, har yili o‘zbek adabiyotining eng yaxshi 10 ta asari xorijiy tillarga tarjima qilinib, mualliflar ishtirokida chet davlatlarda taqdimotlari tashkil etiladi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tavsiyasi asosida chop etiladigan kitoblarning qog‘oz xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi.

 

Uchrashuvda yosh iste’dodlarning she’riyat va san’atni uyg‘unlashtirgan she’riy konsertlar tashkil etish tashabbuslari ham qo‘llab-quvvatlandi. Ushbu yo‘nalishdagi eng sara 100 ta loyiha davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Shuningdek, har bir viloyatda yil yakuniga qadar chekka va olis hududlardagi 50 tadan 100 tagacha mahallada namunali kutubxona va kitob do‘konlari tashkil etiladi.

 

Ijodkorlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili 1 ming nafar shoir va yozuvchi, madaniyat va san’at vakili, muzey xodimi hamda rassomlarga uy-joy olish uchun ipoteka kreditining dastlabki badalining 50 foizi qoplab beriladi.

 

Bundan tashqari, boshqa hududdan kelib ishlayotgan soha vakillariga uy-joy ijarasi xarajatlari uchun Toshkent shahrida oyiga 2,5 million so‘mgacha, viloyatlarda esa 1,6 million so‘mgacha kompensatsiya to‘lanadi.

 

Yangi tizimga muvofiq, har yili faoliyatida yuqori natijalarga erishgan 1 ming nafar soha xodimi davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan bepul davolanadi. Yana 2 ming nafar ijodkorga tibbiy sug‘urta paketi taqdim etiladi. Kamida 10 yil ishlagan xodimlarga esa sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar beriladi.

 

Shuningdek, 15-iyundan boshlab xalq artisti, xalq shoiri va xalq yozuvchisi kabi yuksak faxriy unvonlarga ega ijodkorlarning aeroport va vokzallardagi VIP zallardan bepul foydalanishi ta’minlanadi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.