O'zbekiston

Islom sivilizatsiyasi markazida ilk bolalar muzeyi ish boshladi

Yangi ochilgan Bolalar maydonchasi 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan. Maydoncha hikoya qilish san’ati, milliy tarix va fan, texnologiya, muhandislik, matematika yo‘nalishlarini o‘zida birlashtirgan 4 ta maxsus pavilyondan iborat.

Islom sivilizatsiyasi markazida ilk bolalar muzeyi ish boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazida 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bayram doirasida markazda barpo etilgan zamonaviy bolalar maydonchasi mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan Interaktiv bolalar muzey ekspozitsiyasining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi.

 

 

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov mazkur majmuaning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyatiga to‘xtaldi:

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Islom sivilizatsiyasi markazi konsepsiyasining tashabbuskori va muallifi sifatida, Markaz faoliyati, avvalo, yosh avlodni tarbiyalash va ma’rifatli qilishga xizmat qilishiga alohida e’tibor qaratadi. Davlat rahbari ko‘p bor ta’kidlaganidek, buyuk ajdodlarimizning boy merosi yoshlarni yangi bilimlar egallash va yuksak marralarni zabt etishga ruhlantirishi lozim.

 

Bugun ochilayotgan bolalar ekspozitsiyasi aynan shu ezgu maqsadga xizmat qiladi. U bolalarda ilm-fanga, tarixga va bunyodkorlikka qiziqish uyg‘otishga qaratilgan. Zero, buyuk ajdodlarimiz yoshlik chog‘laridanoq ulkan yutuqlarga erishganlar: Ibn Sino o‘n olti yoshidayoq o‘zining chuqur bilimlari bilan tanilgan, Beruniy bolaligidan astronomiya ilmlarini o‘rgangan, Mirzo Ulug‘bek esa yosh hukmdor bo‘lishiga qaramay, ilm-fan taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan.

 

Ishonamizki, ushbu ekspozitsiya farzandlarimizda o‘z tarixi va merosi bilan faxrlanish tuyg‘usini mustahkamlaydi, ularni yangi kashfiyotlar sari ilhomlantiradi hamda yuksak maqsadlar tomon intilishga undaydi.

 

 

 

 

Marosimda loyiha ijrochilaridan biri — Buyuk Britaniyaning «1001 kashfiyot» (1001 Inventions) tashkiloti prodyuseri Ahmed Salim ham so‘zga chiqib, ushbu megaloyiha tashabbuskori bo‘lgan davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi va bolajonlarga qarata jo‘shqin nutq so‘zladi:

 

“Bu davlat shunchalik qiziqarli va boyki, uning bunday maqomga erishishining ming bitta sababi bor. Siz, aziz o‘zbekistonlik bolajonlar, bugun ana shu ming bitta sababdan atigi bittasiga guvoh bo‘lib turibsiz. Chunki qolgan barcha qiziqarli jihatlarni ichkarida — yoshlarimizning o‘ziga xos bilim va salohiyatlarida mujassam bo‘lgan holda ko‘ramiz. Ichkarida butun dunyoni ilm-ma’rifat va yuksak taraqqiyot bilan o‘zgartira olgan buyuk allomayu olimlar kashfiyotlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Buni ko‘rishga tayyormisiz? Biroq bizga bir narsani va’da qilishingiz kerak: kelajakda siz ham albatta xuddi shunday buyuk ishlarning bunyodkori bo‘lasiz!”

 

Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev bolajonlarni bayram bilan qutlab, markazning ilmiy ahamiyati va ulg‘ayib kelayotgan yosh avlod uchun haqiqiy ilhom manbai bo‘la olishini ta’kidladi.

 

"Prezidentimiz tashabbuslari bilan bunyod etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnesning rekordlar kitobini ham zabt etdi. Barchamizning bu maskanda turganimiz ham bir tarixiy voqea. Endi siz bolajonlar, kelajak bunyodkorlari sifatida bu yerdagi imkoniyatladan foidalanib, tariximizni va zamonaviy texnologiyalarini puxta o‘rganishingiz zarur", - dedi u. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Muzey pavilonlari: Innovatsiya va tarix uyg‘unligi

 

Yangi ochilgan Bolalar maydonchasi 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan. U hikoya qilish san’ati, milliy tarix va STEM (fan, texnologiya, muhandislik, matematika) yo‘nalishlarini o‘zida birlashtirgan 4 ta maxsus pavilyondan iborat:

 

•  1-xona (Kirish qismi): Tashrifchilarni sehrli animatsiyalar va “O‘zbekistondan dunyoga 1001 ixtiro” nomli yirik yorug‘lik kitobi kutib oladi. Bolalarning boshlang‘ich bilimlarini sinovdan o‘tkazish uchun 8 ta sensorli ekran o‘rnatilgan.

 

•  2-xona (Allomalar galereyasi): Buyuk ajdodlarimizning mum haykallari hamda zamonaviy raqamli avatarlar joylashtirilgan. Bu yerda bolalar allomalarning yoshlik davridagi qiyofasi bilan jonli muloqot qilishlari mumkin.

 

•  3-xona (Kinoteatr zonasi): Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan maxsus 6 daqiqalik animatsion filьm namoyish etiladi.

 

•  4-xona (Ijod va fan laboratoriyasi): Maydonchaning eng asosiy interaktiv hududi bo‘lib, u yerda 15 dan ortiq yuqori texnologiyali stansiyalar ishlaydi:

 

  • Xorazmiy konsepsiyasi: Mantiqiy va matematik fikrlashni rivojlantiruvchi Katta shar mashinasi va Magnitli devor.
  • Ahmad Farg‘oniy merosi: Suv harakati va qonuniyatlarini o‘rgatuvchi "Suv girdobi" gidro-interaktivi.
  •  Mirzo Ulug‘bek va Ali Qushchi ilmi: Koinot va sayyoralarni kuzatish uchun mo‘ljallangan Raqamli teleskop.
  • Ibn Sino tibbiyoti va innovatsiyalar: Reaksiya tezligini o‘lchovchi moslamalar hamda harakat muvozanatini mashq qildiruvchi zamonaviy ICAROS (VR) virtual borliq qurilmasi.
  • San’at va madaniyat: Raqamli graffiti (IR sprey), Musiqa devori va rangli soyalar effekti.

 

 

Xavfsizlik va xalqaro standartlar

Ekspozitsiya xalqaro Bolalarni himoya qilish siyosati talablari asosida loyihalashtirilgan. Hududda xavfsizlik choralari eng yuqori darajada ta’minlangan bo‘lib, bolalarga yaqindan ko‘maklashish uchun maxsus o‘qitilgan fasilitator-xodimlar biriktirilgan. Muzeydagi barcha kontentlar va yo‘riqnomalar uch tilda — o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilgan.

 

 

 

 

custom img

Saida Mirziyoyeva Vena shahrida BMT sessiyasida milliy ma’ruza bilan ishtirok etdi

Mirziyoyeva kiberjinoyatchilik, korrupsiya va oilaviy zo‘ravonlik chegara bilmasligini ularga qarshi xalqaro hamkorlik orqali kurashish zarurligini ta’kidladi.

custom img

Toshkentda elektr podstansiyasi yonib ketdi

Hodisa oqibatida Shayxontohur va Olmazor tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

custom img

Oliygohlarda dars beradigan taniqli ijodkorlarga 50 foizgacha ustama to‘lanadi

Talabalar startaplari uchun 10 ta oliygohga 50 milliard so‘m ajratiladi.

custom img

Yangi o‘quv yilidan 326 ta san’at maktablari pedagoglari umumta’lim maktablari bilan teng maosh oladi

O‘quvchilar yutuqlariga qarab pedagoglarga 20 foizgacha ustama to‘lanadi.

custom img

1-sentabrdan filmlar reklamasi uchun budjetning 30 foizigacha mablag‘ beriladi

Davlat buyurtmasi asosidagi filmlar daromadining 50 foizi prodyuser va ijodiy jamoalarga rag‘bat sifatida beriladi.

custom img

Ashula va raqs ansambllari xodimlarining ish haqi 2 baravar oshiriladi

Raqs ustalari uchun pensiya staji 20 yildan 15 yilga qisqartiriladi.

custom img

Har yili 1 ming nafar ijodkorga ipoteka krediti dastlabki to'lovining 50 foizi qoplab beriladi

Toshkentda faoliyat yuritayotgan ijodkorlarga oyiga 2,5 mln so‘mgacha, viloyatlarda esa 1,6 mln so‘mgacha ijara kompensatsiyasi to‘lanadi.

custom img

Xalqaro tanlovlar g‘oliblariga 300 million so‘mgacha mukofot beriladi

Har yili 100 nafar iqtidorli yosh xorijda davlat hisobidan o‘qitiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"