O'zbekiston

Madaniyat va san’at sohasida 21 ta ijodiy birlashma tashkil etiladi

Har yili “Milliy ijodkorlar qurultoyi” o‘tkazilib, g‘oliblarga bir yil davomida har oy 5 million so‘m qalam haqi to‘lanadi.

Madaniyat va san’at sohasida 21 ta ijodiy birlashma tashkil etiladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda milliy adabiyot, madaniyat va san’atning taniqli vakillari — shoir va yozuvchilar, aktyorlar, dramaturglar, rejissyorlar, xonandalar, sozandalar, kompozitorlar, rassomlar, haykaltaroshlar, hunarmandlar hamda san’atshunos olimlar ishtirok etdi.

 

Uchrashuvda iste’dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etilishi ma’lum qilindi. Xususan, teatr, kino, raqs, opera, folklor, estrada, akademik va milliy cholg‘u san’ati, tasviriy hamda amaliy san’at kabi 21 ta yo‘nalish bo‘yicha ijodiy birlashmalar tashkil etiladi.

 

Mazkur birlashmalarga tajribali ijodkorlar bilan bir qatorda vazirlar va yirik kompaniyalar rahbarlari ham hamrais sifatida biriktiriladi. Ular hududlardagi musiqa maktablari, madaniyat markazlari va badiiy jamoalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni hal etish hamda yosh iste’dodlarni rag‘batlantirish bilan shug‘ullanadi.

 

Shuningdek, har bir ijodiy yo‘nalish kesimida mahalla, tuman, viloyat va respublika bosqichlarida tanlovlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. G‘olib va sovrindorlarning gastrol safarlari, festival va xalqaro tanlovlarda ishtirok etishiga ko‘mak beriladi.

 

Har yili “Milliy ijodkorlar qurultoyi” o‘tkaziladi. Unda 21 ta ijodiy birlashmaning eng faol va yuqori natijalarga erishgan vakillari taqdirlanadi.

 

G‘oliblarga bir yil davomida har oy 5 million so‘m qalam haqi to‘lanadi, ular mamlakat bo‘ylab samolyot, poyezd va jamoat transportidan bepul foydalanish, ixtisoslashgan tibbiyot markazlarida bepul davolanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Ular uchun mahorat maktablari va ijod uylari tashkil etiladi. Prezident sovrindorlar keyingi yillarda ham yangi ijodiy yutuqlarga erishsa, mazkur imtiyozlarni saqlab qolish taklifini qo‘llab-quvvatladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.