O'zbekiston

Oliygohlarda dars beradigan taniqli ijodkorlarga 50 foizgacha ustama to‘lanadi

Talabalar startaplari uchun 10 ta oliygohga 50 milliard so‘m ajratiladi.

Oliygohlarda dars beradigan taniqli ijodkorlarga 50 foizgacha ustama to‘lanadi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvida oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, ijodiy yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va sohada zamonaviy ta’lim mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan yangi tashabbuslar ilgari surildi.

 

Qayd etilishicha, madaniyat va san’at yo‘nalishidagi 10 ta oliygoh rektorlari har bir talaba bilan individual ishlash, ularning shaxsiy brendini shakllantirish, ijodiy mahsulotlarini tijoratlashtirish hamda hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratishi zarur.

 

Yangi o‘quv yilidan boshlab har bir talabaga taniqli ijodkorlar biriktirilib, dual ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu tizim doirasida ustoz ijodkorlar talabalarning konsert, teatr va boshqa sahna chiqishlarida ishtirokini ta’minlab, ularni amaliy tajriba asosida tayyorlab boradi.

 

Bunda ustoz ijodkorlarga oliygoh professor-o‘qituvchilari bilan teng miqdorda haq to‘lanadi. Oliygohlarda dars beradigan taniqli ijodkorlarga esa qo‘shimcha 50 foiz ustama belgilanishi rejalashtirilmoqda.

 

Ta’lim dasturlariga “Art-menejment”, “Kreativ industriya”, “Loyihalarni tijoratlashtirish” kabi zamonaviy fanlar kiritiladi. Shuningdek, kinoindustriya, moda va dizayn, madaniyat menejmenti yo‘nalishlarida xorijdan 50 nafar tajribali mutaxassis jalb etiladi.

 

Talabalarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 10 ta oliygohga jami 50 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

 

Shuningdek, Konservatoriya huzuridagi markaz hamda San’at va madaniyat instituti tarkibidagi markazlar negizida Madaniyat vazirligi tizimida soha xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.