Jahon

Rossiyada 5 yoshli qizni zo'rlamoqchi bo'lgan pedofilni bolalar to'xtatib qoldi

44 yoshli erkak sudda aybini tan olib, o‘ziga nisbatan uy qamog‘i qo‘llanishini so‘ragan.

Rossiyada 5 yoshli qizni zo'rlamoqchi bo'lgan pedofilni bolalar to'xtatib qoldi

 

Rossiyaning Tyumen shahrida 5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini sodir etishga uringanlikda ayblanayotgan 44 yoshli erkak sud qarori bilan hibsga olindi. Bu haqda REN TV xabar berdi.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 28-may kuni sodir bo‘lgan. Gumonlanuvchi qizaloqni kuch ishlatib ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagiga olib kirgan va unga nisbatan jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlarini sodir etishga uringan.

 

Viloyat sudlari qo‘shma matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, erkakka Rossiya Jinoyat kodeksining voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyatlarni nazarda tutuvchi moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Sud uning ehtiyot chorasi sifatida 28-iyulgacha tergov hibsxonasida saqlanishi haqida qaror chiqargan.

 

Qayd etilishicha, erkak sud majlisida aybini tan olib, qilmishidan pushaymon ekanini bildirgan hamda uy qamog‘ini qo‘llashni so‘ragan.

 

Erkakning jinoiy harakatlari ikki nafar o‘smirning hushyorligi tufayli to‘xtatilgan. Voqeani payqagan bolalar yaqin atrofdagi ayolni yordamga chaqirgan. Ayol darhol voqea joyiga yetib borib, qizaloqni qutqarib qolgan.

 

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rasmiylarga tabiiy ofat yetkazgan moddiy zarar yuzasidan qariyb 20 mingta murojaat kelib tushgan.

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dengiz orqali yuk tashishdagi uzilishlar, urushlar va qurg‘oqchilik global oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.