O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi rahbari bilan uchrashdi

Tomonlar ayollar, bolalar va yoshlarni himoya qilishga qaratilgan tadbirlar yuzasidan ham fikr almashdi.

Saida Mirziyoyeva BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi rahbari bilan uchrashdi

Venada O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari va BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB) ijrochi direktori etib yangi tayinlangan Monika Juma bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

 

Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonning BMT GJB bilan hamkorligi, giyohvandlik tahdidlariga qarshi kurashish masalalari hamda 2026-yil aprel oyida Samarqand shahrida ushbu global muammoga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro forum yakunlari va undan keyingi amaliy ishlar muhokama qilingan.

 

 

Shuningdek, tomonlar ayollar, bolalar va yoshlarni himoya qilishga qaratilgan tadbirlar yuzasidan ham fikr almashgan. Saida Mirziyoyeva Monika Jumaga O‘zbekiston tomonidan BMT Jinoyatchilikning oldini olish komissiyasining 35-sessiyasi doirasida tashkil etilgan maxsus tadbirni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgan.

 

 

“Biz BMT GJB bilan xavfsizlik, adolat va barqaror taraqqiyot borasida sheriklikni yanada rivojlantirishga tayyormiz”, deya yozdi Mirziyoyeva.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.