O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva Vena shahrida BMT sessiyasida milliy ma’ruza bilan ishtirok etdi

Mirziyoyeva kiberjinoyatchilik, korrupsiya va oilaviy zo‘ravonlik chegara bilmasligini ularga qarshi xalqaro hamkorlik orqali kurashish zarurligini ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva Vena shahrida BMT sessiyasida milliy ma’ruza bilan ishtirok etdi

Avstriyaning Vena shahrida BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasining 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 175 davlatidan 1,5 mingdan ortiq yuqori martabali rahbar va ekspertlar ishtirok etdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva xabar berdi.

 

 

Sessiya doirasida Saida Mirziyoyeva milliy ma’ruza bilan so‘zga chiqdi. Prezidenti administratsiyasi rahbari o‘z nutqida O‘zbekistonda odil sudlovni ta’minlash, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilik profilaktikasi hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

 

 

Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, kiberjinoyatchilik, korrupsiya va oilaviy zo‘ravonlik kabi tahdidlar davlat chegaralarini tan olmaydi. Shu bois ularga qarshi kurashishda ochiq muloqot, tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston joriy yilda ilk bor BMTning mazkur nufuzli tuzilmasiga a’zo bo‘ldi.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.