O'zbekiston

Toshkentda elektr podstansiyasi yonib ketdi

Hodisa oqibatida Shayxontohur va Olmazor tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Toshkentda elektr podstansiyasi yonib ketdi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan elektr podstansiyasi portlagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar FVB rasmiy ma’lumot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 1-iyun kuni soat 18:57 da Olmazor tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan podstansiya hududida transformator yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.

 

Shundan so‘ng yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 19:01 da yetib borgan. Yong‘in soat 19:12 da qurshab olinib, 19:17 da to‘liq o‘chirilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Vaziyat Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.

 

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJga ko‘ra, 110 kV kuchlanishli "Vistovochnaya" podstamsiyasida mazkur nosozlik sababli ushbu energetika obyektidan chiquvchi 6 kV qurilmalarga ulangan tarmoqlar kuchlanishsiz qolgan.

 

Natijada Shayxontohur va Olmazor tumanining ayrim hududlari iste’molchilarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

 

Maxsus brigada nosozlik sababini aniqlash va uni bartaraf etish ishlari bilan shug‘ullanmoqda.

custom img

O‘zbek tilini o‘rganish xalqaro darajaga chiqmoqda

Oksford talabalari uchun O‘zbekistonda Yozgi maktab o‘z ishini boshladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘z tabrigida mamlakat rivoji oldida qator yirik vazifalar turganini ta’kidladi.

custom img

Rossiyadan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Yana 22 nafar bolani O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

custom img

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yong‘in chiqdi

Rekonstruksiya qilinayotgan bino hovlisidagi elektr qutisi yongan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Bishkek shahriga yetib bordi

“Manas” xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Adilbek Qasimaliyev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

O‘zbekistonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yer silkinishi Gazli shahri, Peshko‘ va Jondor tumanida sezilgan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida ishtirok etadi, xorijiy davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi hamda VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida qatnashadi.

custom img

O‘zbekistonda IMEI ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovini bekor qilish rejalashtirilmagan

Tizimni to‘lovsiz shaklga o‘tkazish davlat byudjetiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aytildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"