O'zbekiston

Xalqaro tanlovlar g‘oliblariga 300 million so‘mgacha mukofot beriladi

Har yili 100 nafar iqtidorli yosh xorijda davlat hisobidan o‘qitiladi.

Xalqaro tanlovlar g‘oliblariga 300 million so‘mgacha mukofot beriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning adabiyot, madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvida yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan qator yangi tashabbuslar e’lon qilindi.

 

Qayd etilishicha, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab respublika miqyosidagi tanlovlar g‘oliblari 100 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Nufuzli xalqaro tanlovlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan yoshlar esa 300 million so‘mgacha mukofot oladi.

 

Shuningdek, yoshlarning xalqaro tanlovlarda ishtirok etishi bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, iqtidorli yoshlarni tayyorlagan ustoz va murabbiylarning oylik ish haqiga 100 foizgacha ustama to‘lanadi. Mazkur imtiyozlar davlat muassasalari bilan bir qatorda xususiy ijodiy jamoalar va nodavlat madaniyat tashkilotlariga ham tatbiq etiladi.

 

Uchrashuvda kadrlar tayyorlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Endilikda har yili 100 nafar iqtidorli yosh davlat hisobidan xorijdagi nufuzli madaniyat va san’at ta’lim muassasalariga o‘qishga yuboriladi.

 

Bundan tashqari, yosh iste’dodlarni kashf etish, prodyuserlik faoliyatini rivojlantirish va ijodiy loyihalarni moliyalashtirish maqsadida “Ijodga investitsiya” jamg‘armasi tashkil etiladi. Jamg‘arma faoliyati uchun har yili 200 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.