O'zbekiston

Yangi o‘quv yilidan 326 ta san’at maktablari pedagoglari umumta’lim maktablari bilan teng maosh oladi

O‘quvchilar yutuqlariga qarab pedagoglarga 20 foizgacha ustama to‘lanadi.

Yangi o‘quv yilidan 326 ta san’at maktablari pedagoglari umumta’lim maktablari bilan teng maosh oladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvida musiqa va san’at ta’limini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslar e’lon qilindi.

 

Qayd etilishicha, yangi o‘quv yilidan boshlab respublikadagi 326 ta musiqa va san’at maktabi o‘qituvchilarining ish haqi umumta’lim maktablari pedagoglari bilan tenglashtiriladi.

 

Shuningdek, umumta’lim va musiqa maktablari o‘qituvchilariga o‘quvchilarning musiqa asboblarini ijro etish mahoratidan kelib chiqib, ish haqiga 20 foizgacha ustama to‘lash tizimi joriy etiladi.

 

Yangi o‘quv yilida kamida 1,5 million nafar o‘quvchini musiqa va san’atga jalb qilish vazifasi belgilandi. Shu maqsadda 326 ta musiqa va san’at maktabi hamda 29 ta ixtisoslashtirilgan maktab bilan umumta’lim muassasalari o‘rtasida ijodiy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

 

Bundan tashqari, har yili teatr, cholg‘u, xor va raqs yo‘nalishlari bo‘yicha umumta’lim maktablari o‘rtasida tuman, viloyat va respublika bosqichlarida tanlovlar o‘tkaziladi. Ushbu tanlovlar g‘oliblarini qo‘llab-quvvatlash, sahna dekoratsiyalari, liboslar va musiqa asboblari xarid qilish uchun 500 million so‘mgacha grant mablag‘lari ajratiladi.

 

Shuningdek, respublika tanlovlari g‘oliblariga madaniyat va san’at yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda alohida imkoniyatlar yaratiladi hamda ular oliygohlarga qabul qilinadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.