Jahon

AQSH boshpana so'rash arizalarini ko'rib chiqish tartibini kuchaytirmoqda

Hozirda 1 milliondan ortiq ko‘rib chiqilmagan boshpana arizalari mavjud bo‘lib, yangi tartib orqali hukumat jarayonni tezlashtirishni maqsad qilgan.

AQSH boshpana so'rash arizalarini ko'rib chiqish tartibini kuchaytirmoqda

 

AQSh ma’muriyati boshpana so‘rab murojaat qiluvchilarga nisbatan qo‘llaniladigan tartiblarni yanada qat’iylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CBS telekanali xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ishlab chiqilayotgan yangi qoidalarga binoan AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmatlari (USCIS) xodimlari ayrim boshpana arizalarini ariza beruvchi bilan alohida suhbat o‘tkazmasdan rad etish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.

 

Loyihada qayd etilishicha, agar chet el fuqarosi mamlakat hududiga kirganidan keyin bir yildan ortiq vaqt o‘tgach boshpana so‘rab murojaat qilsa va qonunchilikda nazarda tutilgan istisno holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasa, uning arizasi rad etilishi mumkin.

 

Bunday hollarda murojaatchilar immigratsiya sudiga yuboriladi va ularning ishi deportatsiya jarayonlari doirasida ko‘rib chiqiladi.

 

AQSh rasmiylarining ta’kidlashicha, mazkur tashabbus immigratsiya tizimidagi ortiqcha yuklamani kamaytirish hamda ko‘rib chiqilishi kutilayotgan arizalar sonini qisqartirishga qaratilgan. Hozirda mamlakatda 1 milliondan ortiq boshpana arizasi navbatda qolmoqda.

 

Mutaxassislar fikricha, yangi qoidalar qabul qilinsa, boshpana olish jarayoniga qo‘yiladigan talablar sezilarli darajada kuchayishi va immigratsiya tizimining ishlash tartibiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"