Jahon

BMT bankrotlik yoqasida, mablag‘lar avgustda tugashi mumkin — WSJ

AQSh va Xitoy tomonidan badal to‘lovlarining kechiktirilishi sababli BMT jiddiy moliyaviy inqirozga duch kelgan.

BMT bankrotlik yoqasida, mablag‘lar avgustda tugashi mumkin — WSJ

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) AQSh va Xitoy tomonidan majburiy badal to‘lovlarining kechiktirilishi fonida jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh va Xitoy hissasi BMT umumiy byudjeti daromadlarining qariyb 42 foizini tashkil etadi. Hozirda AQShning tashkilot oldidagi qarzi 4 milliard dollardan oshgan bo‘lsa, Xitoy may oyida 850 million dollar to‘laganiga qaramay, yana 455 million dollar qarzdor bo‘lib qolmoqda.

 

Nashrning yozishicha, moliyalashtirishdagi uzilishlar sabab BMT xarajatlarni keskin qisqartirish choralarini ko‘rmoqda. Xususan, tashkilot kotibiyatidagi 3 mingga yaqin lavozim qisqartirilgan, ayrim ofislar yopilgan hamda bir qator ma’muriy xarajatlar kamaytirilgan.

 

Shuningdek, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya va Niderlandiya kabi yirik donor davlatlar ham xalqaro gumanitar dasturlarga ajratilayotgan mablag‘larni qisqartirgani qayd etilgan.

 

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish avvalroq tashkilot “moliyaviy qulashning real xavfi”ga duch kelayotganini ta’kidlagan edi. Prognozlarga ko‘ra, mavjud mablag‘lar avgust oyining o‘rtalariga qadar yetishi mumkin.

 

Moliyaviy tanqislik fonida BMT tinchlikparvarlik operatsiyalariga sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirish, ayrim missiyalar faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va qo‘shin yuboruvchi davlatlarga to‘lovlarni kechiktirishga ham majbur bo‘lmoqda.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.