O'zbekiston

“Boshlang‘ich ta’lim ona tilida bo‘lishi kerak” — Alisher Qodirov

Qodirov boshlang‘ich bosqichning boshqa tilda o‘qitilishi bolaga salbiy ta’sir ko‘rsatishini alohida takidlkadi.

“Boshlang‘ich ta’lim ona tilida bo‘lishi kerak” — Alisher Qodirov

 

Alisher Qodirov maktabgacha tayyorlov kurslari hamda maktabning boshlang‘ich sinflarida ta’limni ona tilidan boshqa tilda olib borish masalasiga munosabat bildirdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozgan.

 

Uning ta’kidlashicha, boshlang‘ich ta’lim bosqichida ona tilidan boshqa tilda o‘qitish bolalar manfaatiga zid bo‘lib, bu holatni pedagogik xato hamda milliy o‘zlikka ta’sir qiluvchi omil sifatida baholash mumkin. 

 

Qodirovning qayd etishicha, amaldagi tartibga ko‘ra ota-onalar ta’lim tilini tanlash huquqiga ega bo‘lsa-da, ayrim hollarda bu bolalarning boshlang‘ich ta’limni o‘z ona tilida olish imkoniyatini cheklamoqda.

 

Shuningdek, u boshlang‘ich ta’limda boshqa tilda o‘qigan bolalarda keyingi bosqichlarda o‘quv jarayonini davom ettirishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi, bu esa bilimlarni o‘zlashtirish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlagan.

 

Qodirovning fikricha, boshlang‘ich ta’lim va tayyorlov kurslari to‘liq ona tilida tashkil etilishi zarur. U bu masalani qonunchilik darajasida tartibga solish va Ta’lim to‘g‘risidagi qonunga tegishli o‘zgartirishlar kiritish lozimligini qayd etdi.

 

“Boshqa millatli vatandoshlarimizga talab bilan shu sharoitni yaratib berish kerak. Boshqa millatli vatandoshlarimiz agar boshlangʻich ta’limni oʻzim ona tilimda olaman desa, nur ustiga a’lo nur” — deya ta'kidlagan Qodirov.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.