O'zbekiston

“Madaniyat rivoji uchun nafaqat ilhom, balki shart-sharoit ham kerak” — Saida Mirziyoyeva

O‘zbekistonda san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha yangi farmon imzolandi.

“Madaniyat rivoji uchun nafaqat ilhom, balki shart-sharoit ham kerak” — Saida Mirziyoyeva

Prezident tomonidan madaniyat va kreativ industriyani rivojlantirishga qaratilgan yangi farmon imzolandi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva yozdi.

 

Farmonga muvofiq, istiqbolli ijodiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ijodga investitsiya” davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi. Mazkur jamg‘armaga har yili 200 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.

 

Endilikda konsert tashkilotchiligi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar, film va serial tasvirga oluvchi kinokompaniyalar, bolalar uchun kontent ishlab chiqaruvchilar, xususiy teatr va studiyalar, madaniyat sohasidagi xususiy ta’lim muassasalari qo‘shilgan qiymat, foyda, aylanma, yer, mulk soliqlari hamda xodimlarning ish haqidan olinadigan jismoniy shaxslarning daromad solig‘idan ozod etiladi.

 

Xorijiy kino kompaniyalari uchun hаm qulay sharoitlar yaratiladi. Xususan, ularning O‘zbekiston hududida kino mahsulotlarini ishlab chiqarishdan olgan daromadlari norezidentlarning daromadi sifatida soliq bazasiga kiritilmaydi.

 

Nufuzli xalqaro va respublika tanlovlari g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

 

  • gran-pri va birinchi o‘rin uchun tegishli ravishda 300 va 100 million so‘m,
  • ikkinchi o‘rin uchun 200 va 50 million so‘m,
  • uchinchi o‘rin uchun esa 100 va 25 million so‘m beriladi.

 

G‘oliblarni tayyorlagan o‘qituvchi va konsertmeysterlarga yil davomida oylik maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama to‘lanadi.

 

Bundan tashqari, har yili madaniyat, san’at va ijod sohalari vakillari orasidan uy-joyga muhtoj bo‘lgan ming nafar xodimga ipoteka krediti dastlabki to‘lovining 50 foizi qoplab beriladi.

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.