O'zbekiston

Nima sababdan “Soliq” ilovasida ayrim foydalanuvchilarga “shubhali xaridor” maqomi berilmoqda?

Soliq qo‘mitasi ushbu holatga izoh berdi. Soxta fiskal cheklar orqali QQS keshbekini olishga urinish holatlari aniqlangani bois 204 mingdan ortiq fuqaroning keshbek to‘lovlari vaqtincha to‘xtatilgan.

Nima sababdan “Soliq” ilovasida ayrim foydalanuvchilarga “shubhali xaridor” maqomi berilmoqda?

Soliq qo‘mitasi “Soliq” mobil ilovasida ayrim foydalanuvchilarga “shubhali xaridor” maqomi berilgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlash maqsadida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy xizmatlar xaridi uchun to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) qaytarish tizimi joriy etilgan.

 

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tizimdan noqonuniy foydalanish holatlari yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki tahlillar davomida ayrim korxonalar va fuqarolar tomonidan haqiqatda amalga oshirilmagan xaridlar uchun fiskal cheklar rasmiylashtirilgani aniqlangan.

 

Xususan, Andijon viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan 30 ta korxona faoliyati yuzasidan o‘rganish olib borilgan. Soliq organlari ma’lumotiga ko‘ra, ushbu korxonalar orqali ijtimoiy reyestrdagi fuqarolar nomiga rasmiylashtirilgan cheklar asosida 217,3 milliard so‘m miqdorida keshbek to‘langan. Mazkur holatlar bo‘yicha materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

 

Shuningdek, Soliq qo‘mitasi tomonidan respublika bo‘yicha ijtimoiy reyestrdagi fuqarolarga ayrim mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilgan hamda faoliyatida shubhali alomatlar aniqlangan 649 ta korxona va fuqarolar haqidagi ma’lumotlar ham vakolatli organlarga taqdim etilgan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025–2026-yillar davomida mazkur tizim orqali 36,8 trillion so‘mlik operatsiyalar qayd etilgan va 771 mingdan ortiq fuqaroga 347,9 milliard so‘m keshbek to‘lab berilgan.Soliq qo‘mitasi bildirishicha, tizimda 9 turdagi mahsulotlarni kirim qilmagan korxonalar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha 204,1 ming nafar fuqaro “shubhali xaridorlar reyestri”ga kiritilgan. Shu sababli 2026-yil aprel oyi uchun mo‘ljallangan 102,5 milliard so‘m miqdoridagi ijtimoiy keshbek to‘lovlari vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Mazkur masala yuzasidan qo‘mita tomonidan Ijtimoiy himoya agentligiga tegishli murojaatlar yuborilgani qayd etildi.Soliq qo‘mitasi fuqarolarni faqat o‘zlari amalga oshirgan xaridlar uchun berilgan fiskal cheklarni mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazishga chaqirdi. 

 

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar yoki boshqa manbalar orqali tarqatilayotgan cheklardan foydalanmaslik tavsiya etildi.

 

Idora surishtiruv va tahlil ishlari davom etayotgan bir paytda ommaviy axborot vositalari hamda blogerlarni tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka va kasb etikasi me’yorlariga rioya qilishga chaqirdi.

 

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Prezident Chim mahallasidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrif buyurdi. Hududda infratuzilmani yangilashga 55 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Erkinjon Turdimovga yana bir vakolat berildi: vazirlikka xodimlarni suhbat asosida ishga olishi mumkin

Prezident qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida yangi faoliyat va tuzilmalar tashkil etiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.