O'zbekiston

"Oltin qalam" xalqaro tanloviga 4 mingga yaqin ijodiy ishlar kelib tushdi

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 654 taga ko‘p bo‘lib, tanlovga bo‘lgan qiziqish va ijodiy faollik 20,1 foizga oshganini ko‘rsatmoqda.

"Oltin qalam" xalqaro tanloviga 4 mingga yaqin ijodiy ishlar kelib tushdi

O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasida “Oltin qalam” XX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning hujjatlar qabul qilish jarayoni yakunlangani ma’lum qilinib, kelib tushgan ijodiy ishlar soni va ishtirokchilar tarkibi haqida axborot berildi.

 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilda xalqaro tanlovga jami 3905 ta ijodiy ish kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 654 taga ko‘p bo‘lib, tanlovga bo‘lgan qiziqish va ijodiy faollik 20,1 foizga oshganini ko‘rsatmoqda. Tanlovda jami 607 nafar ishtirokchi qatnashmoqda. Ularning 53 tasi jamoaviy, 554 nafari esa yakka tartibdagi ishtirokchilardir.

 

Ijodiy ishlar ommaviy axborot vositalarining turli yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilingan bo‘lib, bosma nashrlar yo‘nalishiga 1288 ta, internet nashrlari yo‘nalishiga 826 ta, televideniye yo‘nalishiga 854 ta, radio yo‘nalishiga 280 ta, fotojurnalistika yo‘nalishiga 210 ta hamda publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob nominatsiyasi uchun 52 ta ijodiy ish taqdim etilgan.

 

Brifing davomida tanlovning xalqaro nufuzi tobora ortib borayotgani ham ta’kidlandi. Xususan, “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasiga dunyoning 40 ta davlatidan 86 nafar jurnalist tomonidan 395 ta ijodiy ish taqdim etilgan.

 

Hozirda tanlovga kelib tushgan ijodiy ishlarni Hakamlar hay’ati tomonidan xolis va haqqoniy ko‘rib chiqilishini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, “Oltin qalam” XX Milliy mukofoti xalqaro tanlovining g‘olib va sovrindorlari 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirida e’lon qilinadi va taqdirlanadi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.