O'zbekiston

O‘zbekistonlik bolalar futbol bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Toshkent shahridagi 22-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari dunyoning 35 ta jamoasi ishtirok etgan nufuzli musobaqada ishtirok etib, g‘alaba bilan qaytishdi.

O‘zbekistonlik bolalar futbol bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi


Bugun, 2-iyun kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro ayeroportida Polsha shahrida o‘tkazilgan futbol musobaqasida g‘alaba qozonib, jahon chempioni bo‘lib qaytgan bolalar tantanali ravishda kutib olindi. Bu haqida tadbirda ishtirok etgan Zamon.uz muxbiri xabar bermoqda.

 


Ma’lumotlarga ko‘ra, Polsha Respublikasining Varshava shahrida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha XI jahon chempionatida O‘zbekiston jamoasi ulkan g‘alabaga erishgan.


 
Toshkent shahar 22-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoa dunyoning 35 ta jamoasi ishtirok etgan nufuzli musobaqada munosib ishtirok etgan.


 
Futbolchilar 7 ta uchrashuvda g‘alaba qozonib, final bosqichiga yo‘l oldi va hal qiluvchi bahsda ham zafar quchib, jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan.


 
Natijada O‘zbekiston jamoasi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi futbol bo‘yicha XI jahon chempionatining mutlaq g‘olibiga aylangan.


 
Bugun erta tongda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda hamkor tashkilotlar vakillari tomonidan chempion sportchilar Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro ayeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

 

 

 

Kutib olish marosimi davomida sportchilarga Ijtimoiy himoya milliy agentligining esdalik sovg‘alari topshirildi hamda ularning erishgan yuksak natijalari munosib e’tirof etildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.