O'zbekiston

Prezident kimyo sanoati korxonalari faoliyatini tanqid qildi

Davlat rahbari kimyo sanoati o‘sish sur’atlari mamlakat sanoatidagi umumiy ko‘rsatkichlardan ancha past ekanini qayd etdi.

Prezident kimyo sanoati korxonalari faoliyatini tanqid qildi

 

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan kimyo sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida tarmoqdagi mavjud muammolar va foydalanilmayotgan imkoniyatlar tanqidiy tahlil qilindi.

 

Yig‘ilishda qayd etilishicha, so‘nggi to‘qqiz yil davomida mamlakat sanoati o‘rtacha 6,3 foizga o‘sgan bo‘lsa, kimyo sanoatidagi o‘sish sur’ati 3 foizga ham yetmagan. Shu bilan birga, kimyo mahsulotlari importi yiliga 4,5 milliard dollarga yetgani ta’kidlandi.

 

Davlat rahbari mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari ichki talabning hatto 60 foizini ham qoplay olmayotganini qayd etdi. Shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan yetarli darajada foydalanilmayotgani, tarmoqda bir ishchiga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat boshqa davlatlarga nisbatan 2–3 barobar pastligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Yig‘ilish davomida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati faoliyati ham tanqid qilindi. Xususan, kompaniya asosan o‘z tizimidagi yirik korxonalar bilan ishlayotgani, sohada faoliyat yuritayotgan 5 mingdan ortiq korxona bilan tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagani, ularning muammo va takliflarini o‘rganish jarayoni sustligi qayd etildi.

 

Shu munosabat bilan davlat rahbari kimyo sanoati korxonalari vakillari bilan shaxsan uchrashib, sohadagi dolzarb masalalar, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar hamda istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini muhokama qilishga qaror qilganini ma’lum qildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident kimyo sanoati korxonalari faoliyatini tanqid qildi | Zamon.uz