O'zbekiston

Samarqandda MIB orqali 4 oyda 2,5 mingta oila yarashtirildi

Shuningdek, 17 196 nafar aliment to‘lovchining bandligi ta’minlandi.

Samarqandda MIB orqali 4 oyda 2,5 mingta oila yarashtirildi

Majburiy ijro byurosi organlari faoliyati faqat qarzdorlikni undirish bilan cheklanmaydi. Byuro tizimida, avvalo, insoniylik tamoyillariga tayanilgan holda oilalarni saqlab qolish, farzandlar manfaatini himoya qilish va ajrimlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Shu maqsadda Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi organlari tomonidan 2026 yilning o‘tgan 4 oyi davomida oilalarni yarashtirishga qaratilgan profilaktik suhbatlar va tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada 2 524 ta oila yarashtirildi.

 

Shuningdek, aliment to‘lovchilarning bandligini ta’minlash maqsadida tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari hamda boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda manzilli chora-tadbirlar amalga oshirildi.


 
Olib borilgan ishlar samarasida jami 29 525 ta ijro ishi bo‘yicha aliment to‘lovchilarning 17 196 nafari bandligi ta’minlandi.

 

Bu kabi chora-tadbirlar oilalar mustahkamligini ta’minlash, aliment qarzdorligini kamaytirish hamda farzandlar ta’minotini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda MIB orqali 4 oyda 2,5 mingta oila yarashtirildi | Zamon.uz