Jahon

“Ketingni tozalab yuribman” — Tramp Netanyahuni haqorat qildi

AQSH prezidenti Isroil bosh vazirini Livandagi harbiy amaliyotlar sabab tanqid qilib, bunday harakatlar keskinlikni kamaytirishga qaratilgan urinishlarga zarar yetkazayotganini ta’kidladi.

“Ketingni tozalab yuribman” — Tramp Netanyahuni haqorat qildi

 

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni Livandagi harbiy amaliyotlar sabab keskin tanqid qildi. Bu haqda Axios nashri AQSH ma’muriyatidagi manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ikki davlat rahbari o‘rtasidagi telefon suhbati davomida Tramp Netanyaxuning Livanga berilgan zarbalar bo‘yicha qarorlaridan noroziligini bildirgan. Xususan, AQSH prezidenti Isroil bosh vazirining harakatlari mintaqadagi vaziyatni yanada keskinlashtirayotgani va diplomatik sa’y-harakatlarga putur yetkazayotganini ta’kidlagan.

 

Axios manbalariga ko‘ra, suhbat chog‘ida Tramp Netanyaxuni keskin ohangda tanqid qilib, uni “aqldan ozgan” deb atagan. Shuningdek, u Isroil rahbariga qarata uning xalqaro maydondagi obro‘si pasayib borayotgani va bu holat Isroilning yanada kuchli diplomatik yakkalanishiga olib kelishi mumkinligini aytgan.

 

“Sen aqldan ozgansan. Men bo‘lmaganimda qamoqda o‘tirarding. Hozir esa seni hamma yomon ko‘rib qoldi. Shu ishlaring tufayli Isroilga nisbatan salbiy munosabat kuchaymoqda”, degani keltirilmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp ayniqsa Livandagi harbiy amaliyotlar oqibatida tinch aholi orasida qurbonlar soni ortayotgani va Hizbulloh qo‘mondonlariga qarshi operatsiyalar davomida turar joy binolari vayron qilinayotganidan xavotir bildirgan.

 

1-iyun kuni Isroil Bayrut janubidagi ayrim hududlarga havo zarbalari bergan edi. Tel-Aviv bu amaliyotlarni Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Hizbulloh harakatiga qarshi xavfsizlik chorasi sifatida izohladi. Bundan avval esa Isroil Livan hududidagi quruqlikdagi operatsiyalar ko‘lamini kengaytirganini e’lon qilgandi.

 

Telefon suhbatidan so‘ng Donald Tramp o‘zining Truth Social sahifasida Isroil va Hizbulloh o‘rtasida otashkesim bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Netanyaxu bilan o‘tkazilgan muloqot “juda samarali” bo‘lgan.

 

AQSH prezidenti Bayrut tomon harakatlanayotgan Isroil bo‘linmalari ortga qaytarilganini hamda Hizbulloh vakillari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida tomonlar o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganini ta’kidladi.

 

“Men Bibi Netanyaxu bilan juda samarali suhbatlashdim. Bayrutga qo‘shin yuborilmaydi. Harakatlanayotgan bo‘linmalar ortga qaytarildi. Shuningdek, Hizbulloh vakillari bilan ham muloqot qilindi va ular barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Isroil ularga hujum qilmaydi, ular ham Isroilga hujum qilmaydi”, deb yozgan Tramp.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“Ketingni tozalab yuribman” — Tramp Netanyahuni haqorat qildi | Zamon.uz