O'zbekiston

Surxondaryodagi suv omborida qayiq ag‘darilib, bir kishi cho‘kib ketdi

Qayiqdagi 5 nafar fuqarodan 4 nafari qirg‘oqqa suzib chiqqan.

Surxondaryodagi suv omborida qayiq ag‘darilib, bir kishi cho‘kib ketdi

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan Janubiy Surxon suv omborida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida bir kishi suvda bedarak yo‘qolgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 1-iyun kuni soat 17:30 larda Surxondaryo viloyati FVBga Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan Janubiy Surxon suv omborida qayiq ag‘darilib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

 

Voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar qayiqdagi 5 nafar fuqarodan 4 nafari qirg‘oqqa suzib chiqqanini aniqlagan, 1 nafari esa suvdan chiqolmay qolib cho‘kib ketganligi ma’lum bo‘lgan. 

 

Hozirda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan suv havzasida keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

 

Hodisa yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani prokuraturasi, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar organlari xodimlari tomonidan holatning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

 

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.