Jahon

AQSHda noqonuniy poyga uyushtirgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Hodisa bo‘yicha Audi, BMW, Ford Mustang hamda Dodge Challenger rusumli avtomobillar jarima maydoniga olib ketilgan.

AQSHda noqonuniy poyga uyushtirgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

 

AQSHning Sinsinnati shahridagi Paycor stadioni yaqinida noqonuniy ko‘cha poygasi tashkil etilgani haqidagi xabardan so‘ng politsiya tomonidan olti nafar shaxs qo‘lga olindi. Fox19 ma’lumotlariga ko‘ra, ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor.

 

Qayd etilishicha, stadion xavfsizlik xizmati hududda shubhali harakatlar kuzatilayotgani yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Tekshiruv davomida bir necha shaxslar stadion hududiga noqonuniy kirgani va ayrim holatlarda noqonuniy ko‘cha poygasini tashkil etgani aniqlangan.

 

Hodisa bo‘yicha Audi, BMW, Ford Mustang hamda Dodge Challenger rusumli avtomobillar jarima maydoniga joylashtirilgan.

 

Hozirda ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchilarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari qo‘llanilishi mumkin.

 

Hozircha qo‘lga olingan shaxslarning aybi sud tomonidan to‘liq isbotlangani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

custom img

AQSh Eronga tankerlar flotini to‘liq yo‘q qilish bilan tahdid qildi

AQSH urush vazirining so‘zlariga ko‘ra, Eronning tankerlar floti himoyasiz.

custom img

Putin Trampning maxsus vakillari bilan Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi

Biroq uchrashuv yakunida kelishuvga erishilgani yoki sezilarli siljish bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.

custom img

2023-yildan beri Isroilning Livanga hujumlarida qariyb 9 ming kishi halok bo‘ldi

2-martdan beri tez yordam brigadalariga 179 dan ortiq hujum qayd etilgan, ularda 135 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

custom img

Ukraina uch kunlik sulh joriy etdi

5–8 sentyabr davom etadigan sulh AQSh vakillarining Rossiya va Ukraina tashriflari arafasida joriy etilishi kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"