O'zbekiston

O‘zbekistonning xalqaro nufuzi yana bir pog‘onaga ko‘tarildi

“Fitch” xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga yaxshiladi.

O‘zbekistonning xalqaro nufuzi yana bir pog‘onaga ko‘tarildi

Fitch Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “Stable" - barqaror darajasidan “Positive" - ijobiy darajaga o‘zgartirilganini ma’lum qildi. 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva: "Bu xalqaro investorlar tomonidan mamlakatimizga bildirilgan yuksak ishonch belgisidir", - deya ta’kidladi.

 

Bu nimani anglatadi?

 

Bu xalqaro reyting agentligi mamlakat iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar izchil davom etayotgani va kelgusida reytingning yanada yaxshilanishi uchun real asoslar mavjudligini tan olganini anglatadi. 

 

Bu o‘zgarish mamlakat uchun amaliy jihatdan ham katta ahamiyat kasb etadi. Chunki xalqaro investorlar va moliya institutlari reytingning o‘zigagina emas, balki uning kelajakdagi yo‘nalishiga ham katta e’tibor qaratadi.

 

Hozirgi zamonda dunyo bo‘ylab sodir bo‘layotgan turli notinchliklar va iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijasi va mamlakat iqtisodiyotining tobora barqaror hamda raqobatbardosh bo‘lib borayotganining yana bir yorqin isbotidir.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.