O'zbekiston

Koreyaga ish va o‘qishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

O‘zbekistoning bir necha hududlarida fuqarolarni Koreyaga ishga yoki o‘qishga yuborishni va’da qilib, ulardan minglab dollar olgan shaxslar qo‘lga olindi.

Koreyaga ish va o‘qishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

O‘zbekistonda fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga yoki o‘qishga yuborishni va’da qilib, pul olgan bir necha shaxslar firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Buxoro viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.J. Migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari orqali bir fuqaroni Koreyaga yuborishini aytib, 7 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Andijon viloyatida esa “N.K.” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari S.E. yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro O.A.ga 6 ming AQSH dollari va 3 million so‘m evaziga xorijiy davlatlarning bakalavr diplomi hamda Koreyaga ketish uchun ishchi viza olib berishini va’da qilgan. U ushbu mablag‘lardan 500 AQSH dollari va 3 million so‘mni olgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Dastlabki tekshiruvlarda S.E. yana 14 nafar fuqarodan Koreyaga ishchi viza olib berish va’dasi bilan jami 44,1 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

 

Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “G.V.” MChJ rahbari A.V. ikki nafar fuqaroni Koreyadagi oliy ta’lim muassasasining magistratura bosqichiga o‘qishga va ishga joylashtirishni va’da qilib, 11 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

 

Surxondaryo viloyatida esa fuqaro F.R. fuqaro A.Q.ni 10 ming AQSH dollari evaziga Koreyaga ishga yuborishini aytib, ushbu mablag‘ hisobidan 5 ming AQSH dollari va 61 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik hamda pora berishga oid moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.