O'zbekiston

O‘zbek–Turk mediaforumi doirasida KGK vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Global Jurnalistlar Kengashi 80 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi.

O‘zbek–Turk mediaforumi doirasida KGK vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasida O‘zbek–Turk mediaforumi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Global Jurnalistlar Kengashi (KGK) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir davomida mehmonlarga O‘zbekistonda media sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda bu jarayonlarda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining o‘rni va faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

Muloqot chog‘ida KGK prezidenti Mehmet Ali Dim, KGK faxriy asoschisi va faxriy jurnalist Yavuz Donat, shuningdek KGK Xorijiy Media Kengashi prezidenti va Ozarbayjon Jurnalistlar uyushmasi vitse-prezidenti Elshad Eyvazli O‘zbekistonda jurnalistlar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yuqori baholadilar.

 

Shuningdek, ular O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.

 

Ma’lumot uchun, Global Jurnalistlar Kengashi dunyoning 80 dan ortiq mamlakatida o‘z vakillariga ega bo‘lgan xalqaro media tuzilma hisoblanadi.

custom img

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

custom img

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi uchta hujjatli film xalqaro telekanallarda namoyish etildi

24-iyul kuni Rossiya 24, Rossiya Kultura va Euronews telekanallarida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining yaratilish tarixiga bag‘ishlangan uchta hujjatli film ilk bor efirga uzatildi. Filmlarda markazning tashkil etilishi, xalqaro ahamiyati va uning amalga oshirilish bosqichlari yoritilgan.

custom img

Saida Mirziyoyeva sudyalar va sud tizimi xodimlarini tabrikladi

Saida Mirziyoyeva 25-iyul — Xalqaro sudyalar va sud tizimi xodimlari farovonligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘llab, sudyalar farovonligi adolatli va odil sudlovning muhim sharti ekanini ta’kidladi.

custom img

Boysundagi texnogen avariyani bartaraf etishga Xitoy mutaxassislari jalb qilinadi

Tomonlar qutqaruv-burg‘ilash ishlarini tez fursatda boshlash hamda zarur texnika va mutaxassislarni obyektga yetkazishga kelishib oldi.

custom img

Qashqadaryoda erkak o‘lgan itni Damas'ga bog‘lab sudradi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"