O'zbekiston

Jurnalistlarning yangi Axloq-odob kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi

Kodeks loyihasi jurnalistlarning kasbiy mas’uliyati, axborot ishonchliligi va media etikasi bo‘yicha zamonaviy me’yorlarni belgilashga qaratilgan.

Jurnalistlarning yangi Axloq-odob kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshidagi Ishchi guruh tomonidan milliy jurnalistikaning zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, media makonidagi yangi talablar hamda ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “O‘zbekiston jurnalistlarining Axloq-odob kodeksi” loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Xususan, Kodeks loyihasi Uyushmaning veb-saytiga joylashtirilgan. 

 

Mazkur hujjat jurnalistlar, tahririyatlar, axborot agentliklari, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, onlayn platformalar hamda jamoat manfaatlariga daxldor axborotlarni muntazam tayyorlaydigan va tarqatadigan media subyektlari faoliyatida amal qilinishi lozim bo‘lgan kasbiy-axloqiy me’yorlarni belgilashga qaratilgan.

 

Kodeks loyihasining asosiy maqsadi jurnalistika sohasida kasbiy mas’uliyatni kuchaytirish, axborotning haqqoniyligi va ishonchliligini ta’minlash, inson huquqlari hamda qadr-qimmatini himoya qilish, tahririyatlar mustaqilligini mustahkamlash va media faoliyatida ochiqlik hamda shaffoflik tamoyillarini yanada rivojlantirishdan iborat.

 

Hujjatda axborotni yig‘ish, tekshirish va tarqatish standartlari, manbalar bilan ishlash qoidalari, fakt va fikrni ajratish tamoyillari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, bolalar hamda himoyaga muhtoj shaxslar haqidagi materiallarni yoritishning etik mezonlari alohida belgilangan.

 

Shuningdek, kodeks loyihasida jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati, raqamli media muhitidagi kasbiy mas’uliyati, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning etik tamoyillari, mualliflik huquqi va axborot xavfsizligi bilan bog‘liq masalalar ham o‘z aksini topgan.

 

Media hamjamiyatining o‘zini o‘zi tartibga solish mexanizmlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi huzurida mustaqil Etika komissiyasini tashkil etish, murojaat va shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda tahririyatlar faoliyatida mas’uliyat va ochiqlikni ta’minlashga doir normalar ham nazarda tutilgan.

 

Muhimi, hujjatda jurnalistika erkinligi, tahririyat mustaqilligi va so‘z erkinligi tamoyillarini mustahkamlash asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etilib, undan senzura yoki bosim vositasi sifatida foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlangan.

 

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi jurnalistlar, blogerlar, media ekspertlari, oliy ta’lim muassasalari vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda keng jamoatchilikni kodeks loyihasi muhokamasida faol ishtirok etishga chorlamoqda. Bildirilayotgan taklif va tavsiyalar hujjatni yanada takomillashtirish, zamonaviy jurnalistik etika standartlarini shakllantirish hamda mamlakatimiz media makonida mas’uliyatli va professional jurnalistika tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.