Jahon

Kim Chen In Shimoliy Koreyaning yadroviy salohiyatini kengaytirishini e’lon qildi

Mamlakat yadroviy qudratini “eksponentsial” oshirish rejalashtirilmoqda.

Kim Chen In Shimoliy Koreyaning yadroviy salohiyatini kengaytirishini e’lon qildi

 

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatning harbiy yadroviy salohiyatini yanada rivojlantirish va kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlar kuchaytirilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Koreya Markaziy axborot agentligi (KCNA) xabar berdi.

 

Xabarga ko‘ra, Kim Chen In yangi yadroviy materiallar ishlab chiqarish korxonasiga tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari, samaradorlik ko‘rsatkichlari va istiqboldagi rivojlanish rejalarini ko‘zdan kechirgan. Tashrif chog‘ida u mamlakatning yadroviy qudratini “bosqichma-bosqich emas, balki eksponentsial sur’atda” oshirish zarurligini ta’kidlagan.

 

Uning aytishicha, tegishli dastur ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va yadroviy arsenalni oshirishni o‘z ichiga oladi. Kim Chen In, shuningdek, yadroviy materiallar ishlab chiqarish salohiyatini yanada kuchaytirish va mavjud imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab bergan.

 

KCNA ma’lumotida qayd etilishicha, Shimoliy Koreya rahbari qurol darajasidagi yadroviy materiallar ishlab chiqarish quvvati so‘nggi yillarda sezilarli darajada oshganini, jumladan, so‘nggi besh yil ichida bu ko‘rsatkich ikki baravar ko‘payganini ta’kidlagan.

 

Shuningdek, mamlakatda yadroviy materiallar ishlab chiqarish sur’atlari tezlashgani va bu jarayon doirasida yangi texnologiyalar joriy etilayotgani bildirilgan.

 

Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqotlari instituti (SIPRI) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar holatida Shimoliy Koreyada taxminan 50 ta yadroviy kallak mavjud bo‘lib, yana 40 tagacha yadroviy qurilma ishlab chiqarish uchun yetarli bo‘linuvchi materiallar mavjud.

 

KCNA xabarida qayd etilishicha, Kim Chen In mamlakat yadroviy qurollar sonini oshirishni davom ettirish va ushbu yo‘nalishdagi ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha topshiriq bergan.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.