O'zbekiston

Qurilishga ruxsat olish xarajatlari 2 barobargacha qisqartiriladi

Qurilish obyektlarini ulashda “1 ta ariza – 1 ta to‘lov” tamoyili joriy qilinadi.

Qurilishga ruxsat olish xarajatlari 2 barobargacha qisqartiriladi

 

Prezidentning “Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni joriy etish hamda sohada davlat xizmatlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vairligi xabar berdi.

 

Hujjatga muvofiq, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab respublikaning barcha hududlarida qurilish sohasidagi qator davlat xizmatlari birlashtirilib, yagona davlat xizmati — arxitektura va shaharsozlik talablarini berish tizimi joriy etiladi.

 

Shuningdek, 2026-yil 1-iyuldan qurilish obyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash “1 ta ariza – 1 ta to‘lov – barcha ulanish nuqtalari” tamoyili asosida amalga oshiriladi. Mazkur tartib tadbirkorlar uchun vaqt va mablag‘ sarfini sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qiladi.

 

Farmonga ko‘ra, bino konstruksiyasi, mustahkamligi va yong‘in xavfsizligiga ta’sir qilmaydigan, shuningdek, quvvati va maqsadi o‘zgarmagan loyihalardagi ayrim rejalashtirish o‘zgarishlari uchun hujjatlarni hududiy kengashlar bilan qayta kelishish amaliyoti bekor qilinadi.

 

Qurilish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun esa qo‘shimcha 5 ish kuni muddat beriladi.

 

Bundan tashqari, 2026-yil 1-sentabrdan qurilish obyektlari ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida videokuzatuv kameralaridan foydalanish amaliyoti keng joriy etiladi. Xususan, tadbirkorlar tomonidan quriladigan ko‘p qavatli uy-joylar, mehmonxona, turizm, savdo, sanoat hamda III va IV toifadagi ijtimoiy soha obyektlarida videokuzatuv kameralarini o‘rnatish majburiy bo‘ladi.

 

Shuningdek, budjet mablag‘lari hisobidan quriladigan va qiymati 3 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan obyektlarda ham videokuzatuv tizimlarini joriy etish nazarda tutilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.