Jahon

Si Szinpin yetti yildan so‘ng ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi

Tashrif Kim Chen Inning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

Si Szinpin yetti yildan so‘ng ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi

Xitoy raisi Si Szinpin 8–9 iyun kunlari Shimoliy Koreyaga tashrif buyurib, mamlakat yetakchisi Kim Chen In bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda ikki davlatning rasmiy ommaviy axborot vositalariga tayanib, BBC xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, mazkur tashrif Si Szinpinning 2019-yildan buyon Shimoliy Koreyaga ilk safari bo‘ladi. U Kim Chen Inning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

 

Tashrif Pekinning AQSh va Rossiya bilan yuqori darajadagi muloqotlari fonida o‘tkazilmoqda. Bir necha hafta avval Si Szinpin Pekinda AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qabul qilgan edi.

 

Xitoy Shimoliy Koreyaning eng muhim iqtisodiy va siyosiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Yadro dasturi va inson huquqlari bilan bog‘liq ayblovlar sabab xalqaro sanksiyalar ostida qolayotgan Pxenyan uchun Pekin asosiy iqtisodiy tayanch bo‘lib qolmoqda.

 

Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik 1961-yilda imzolangan o‘zaro mudofaa shartnomasi bilan mustahkamlangan. Joriy yilda mazkur bitimning 65 yilligi nishonlanmoqda.

 

Kuzatuvchilarga ko‘ra, tashrif davomida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilinishi mumkin. Xususan, Shimoliy Koreya Xitoy bilan quruqlikdagi savdo hajmini oshirish hamda mamlakatdagi yangi kurortlarga ko‘proq xitoylik sayyohlarni jalb etishga qiziqish bildirmoqda.

 

Muzokaralarda Koreya yarimorolining xavfsizlik masalalari ham muhim mavzulardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Janubiy Koreya rasmiylari Pekin Pxenyanni Seul va Vashington bilan muloqotni tiklashga undashi mumkinligiga umid bildirmoqda.

 

Janubiy Koreya birlashuv vaziri Chang Dong Yonning fikricha, Si Szinpin va Kim Chen In uchrashuvida AQSh–Shimoliy Koreya muzokaralarini qayta boshlash masalasi ham ko‘rib chiqilishi mumkin.

 

Shuningdek, Shimoliy Koreyaning yadro dasturi yuzasidan ham fikr almashilishi ehtimoli mavjud. Garchi Xitoy Koreya yarimorolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan bo‘lsa-da, Pekin so‘nggi yillarda bu masaladagi bayonotlarida ehtiyotkorroq pozitsiyani namoyish etmoqda.

 

Pxenyan esa yadro salohiyatini rivojlantirish siyosatini davom ettirish niyatida ekanini bildirib kelmoqda. Shimoliy Koreya davlat OAVlari xabariga ko‘ra, Kim Chen In yaqinda mamlakatning qurol darajasidagi yadro materiallari ishlab chiqarish quvvati so‘nggi besh yil ichida ikki barobardan ko‘proqqa oshganini ma’lum qilgan.

 

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.