O'zbekiston

Toshkentda O‘zbekiston harbiy san’ati tarixi davlat muzeyi tashkil etiladi

Muzey 3 ming yildan ortiq davlatchilik tarixi davomida shakllangan harbiy an’analar, sarkardalar mahorati, milliy Qurolli kuchlarning barpo etilishi va rivojlanish bosqichlarini keng yoritishga xizmat qiladi.

Toshkentda O‘zbekiston harbiy san’ati tarixi davlat muzeyi tashkil etiladi

 

Vazirlar Mahkamasining 3-iyundagi qaroriga muvofiq, Qurolli kuchlar davlat muzeyi negizida O‘zbekiston harbiy san’ati tarixi davlat muzeyi tashkil etiladi.

 

Hujjatga ko‘ra, yangi muzey O‘zbekistonning 3 ming yildan ortiq davlatchilik tarixi davomida shakllangan harbiy an’analar, sarkardalar mahorati, milliy Qurolli kuchlarning barpo etilishi va rivojlanish bosqichlarini keng yoritishga xizmat qiladi.

 

Muzey shuningdek, mamlakatda harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka, xususan yosh avlod va xalqaro auditoriyaga yetkazish maqsadida tashkil etilmoqda.

 

Loyihani amalga oshirishda Mudofaa vazirligi Madaniyat vazirligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda ish olib boradi. Ekspozitsiyalarni yaratishda yetakchi ijodkorlar va mutaxassislar jalb etiladi.

 

Qayd etilishicha, muzeyning me’moriy yechimi milliy uslub va an’analarga mos holda ishlab chiqiladi. Ekspozitsiyalar esa zamonaviy interaktiv texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va sun’iy intellekt imkoniyatlari asosida yaratiladi.

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonda yer silkinishi: zilzila O‘zbekiston hududlarida sezildi

Afg‘onistonning Badaxshon hududida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida olib boriladigan rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga o‘sdi.

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.