Jahon

Germaniyada o‘zbekistonliklar uchun noqonuniy Shengen vizalari olib berishda gumonlangan guruh fosh etildi

Tergov markazida asosan O‘zbekiston fuqarolaridan iborat bo‘lgan va xalqaro miqyosda faoliyat yuritgan guruh turibdi.

Germaniyada o‘zbekistonliklar uchun noqonuniy Shengen vizalari olib berishda gumonlangan guruh fosh etildi

Germaniyada O‘zbekiston fuqarolari uchun noqonuniy ravishda Shengen vizalarini rasmiylashtirib berganlikda gumon qilinayotgan xalqaro guruhga qarshi keng ko‘lamli maxsus operatsiya o‘tkazildi. Bu haqda Die Zeit xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, tergov doirasida chet elliklarni noqonuniy olib kirish, mamlakatda noqonuniy yashashni tashkil etish, viza olishda firibgarlik hamda hujjatlarni qalbakilashtirish holatlari o‘rganilmoqda.

 

Tergov harakatlari doirasida Germaniyaning Hessen va Quyi Saksoniya federal yerlaridagi yettita manzilda tintuv o‘tkazilgan. Operatsiyaga qariyb 220 nafar federal politsiya xodimi jalb etilgan.

 

Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, tergov markazida asosan O‘zbekiston fuqarolaridan iborat bo‘lgan va xalqaro miqyosda faoliyat yuritgan guruh turibdi. 

 

Tintuvlar davomida 12 nafar gumonlanuvchi aniqlangan, shuningdek, Germaniyada noqonuniy yashayotgan yana 9 nafar shaxs tekshiruvga olingan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchilar Yevropada ish izlayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun qisqa muddatli Shengen vizalarini rasmiylashtirib bergan. Bunda davlat idoralariga yolg‘on ma’lumotlar taqdim etilgan va soxta hujjatlardan foydalanilgan.

 

Tergov materiallarida qayd etilishicha, Germaniyaga kirib kelgan ayrim shaxslarga keyinchalik qalbaki Yevropa Ittifoqi hujjatlari ham taqdim etilgan. Ushbu hujjatlar yordamida bank hisobvaraqlari ochilgan, mobil aloqa xizmatlari rasmiylashtirilgan hamda turli davlat idoralari va sug‘urta tizimlarida ro‘yxatdan o‘tish ishlari amalga oshirilgan.

 

Huquq-tartibot organlari hisob-kitoblariga ko‘ra, guruh kamida 76 nafar O‘zbekiston fuqarosi uchun viza rasmiylashtirgan bo‘lishi mumkin. Bir dona viza uchun 2 ming yevro, aviachipta uchun yana 2 ming yevro, qalbaki haydovchilik guvohnomasi uchun esa 400 yevro talab qilingani aytilmoqda.

 

Tintuvlar davomida turli Yevropa davlatlariga tegishli deb taxmin qilinayotgan soxta shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, haydovchilik guvohnomalari, 20 dan ortiq mobil telefon va ikkita noutbuk musodara qilingan. Shuningdek, bank, sug‘urta va ro‘yxatdan o‘tishga oid hujjatlar ham olib qo‘yilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, tergov 2025-yil oktyabr oyida Pragadan Amsterdamga yo‘l olgan xalqaro avtobusda O‘zbekiston fuqarosining tekshirilishi ortidan boshlangan. Uning yuklari orasidan bir nechta soxta Latviya shaxsiy guvohnomalari va qalbaki Polsha haydovchilik guvohnomasi topilgach, tergovchilar ushbu sxema ortida turgan shaxslarni aniqlashga kirishgan.

 

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Germaniya prokuraturasi asosiy gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqmoqda.

 

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Fransiyada Shamonda virusi ilk bor odamda aniqlandi: bemor vafot etdi

Bu virus odamda ilk bor aniqlangan holat bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorga u mayda qon so‘ruvchi hasharot chaqishi orqali yuqqan.

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Saudiya Arabistonidagi aeroportga navbatdagi hujum: bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi yaralandi

Mamlakat sharqida yana to‘rtta dron urib tushirilgan.

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Saylovdan keyingi reja: AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyani ko‘rib chiqmoqda

Ehtimoliy hujumlarda yadroviy inshootlar, energetika infratuzilmasi, raketa va dron arsenallari nishonga olinishi mumkin.

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Folbindan mijozgacha nazoratda: maxsus ro‘yxat shakllantirilmoqda

Ichki ishlar vazirligi folbinlar, sehrgarlar, fohishalar, ularning mijozlari va oila a’zolarini maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritib, doimiy monitoring qilishni boshladi.

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Putin muzokaralarga rozi bo‘ldi: Rossiya, Ukraina va AQSh uchrashuvi kutilmoqda

Kreml muzokaralar 10-noyabr yoki undan keyin Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

AQSh esa saylovlargacha keskin choralar ko'rishni istamayapti.

Ikki oyda 400 milliard dollar: AQSh qarzi o‘sishda davom etmoqda

Ikki oyda 400 milliard dollar: AQSh qarzi o‘sishda davom etmoqda

AQSHning davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yetdi.

AQSh yordamisiz Ukraina bugun mavjud bo‘lmas edi — Rubio

AQSh yordamisiz Ukraina bugun mavjud bo‘lmas edi — Rubio

AQSh Davlat kotibi Vashington yordamisiz Ukraina suveren davlat sifatida mavjud bo‘lmasligi mumkinligini aytdi.