O'zbekiston

Nurota internat uyida 19 nafar parvarishlanuvchi o‘z oilasiga qaytarildi

Yaqinlari bilan aloqasi uzilgan 98 nafar parvarishlanuvchining oilaviy munosabatlari tiklandi.

Nurota internat uyida 19 nafar parvarishlanuvchi o‘z oilasiga qaytarildi

 

Navoiy viloyatidagi Nurota “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida ayni paytda 317 nafar fuqaro parvarishlanmoqda. Muassasada ularning munosib hayot kechirishi, salomatligini tiklashi va jamiyatga moslashuvi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Bu haqda Ijtimoiy himoya agentligi xabar berdi.

 

Parvarishlanuvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 20 ga yaqin turli yo‘nalishdagi to‘garaklar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, “mehnat terapiyasi” dasturi doirasida ratan mahsulotlaridan stol-stullar tayyorlash, sovundan bezak gullar yasash, biogumus ishlab chiqarish, issiqxona va dala maydonlarida dehqonchilik bilan shug‘ullanish, chorva hamda parrandalarni parvarish qilish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

 

Muassasada nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiylashuvi va oila bilan aloqalarini mustahkamlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda ijtimoiy xodimlar tomonidan parvarishlanuvchilar va ularning yaqinlari o‘rtasida muntazam videosuhbatlar tashkil etilmoqda.

 

Amalga oshirilgan ishlar natijasida avval yaqinlari bilan aloqasi uzilgan 98 nafar parvarishlanuvchining qarindoshlari bilan oilaviy munosabatlari tiklangan. Shundan 19 nafari jamiyatga muvaffaqiyatli moslashtirilib, o‘z oilasi bag‘riga qaytarilgan.

 

Bundan tashqari, ruhiy holatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan va mehnat qobiliyati yuqori bo‘lgan 30 nafar parvarishlanuvchi mustaqil hayotga tayyorlash dasturiga jalb etilgan. Ular kuratorlar nazorati ostida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, moliyaviy savodxonlik hamda ijtimoiy hayot ko‘nikmalarini egallamoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.