Jahon

O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashuv va kechki ovqat sabab Zelenskiyning xatini o‘qishga ulgurmadim — Putin

Rossiya prezidenti kecha Zelenskiyning murojaati bilan tanishganini ma’lum qilib, boshqa davlatlar muzokaralarda faqat kafil sifatida ishtirok etishi mumkinligini qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashuv va kechki ovqat sabab Zelenskiyning xatini o‘qishga ulgurmadim — Putin

 

Vladimir Putin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning ochiq xati bilan tanishganini ma’lum qildi.

 

Rossiya OAVlari xabariga ko‘ra, bu haqda davlat rahbari Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yalpi majlisida so‘zlagan nutqi davomida ma’lum qilgan.

 

Putinning aytishicha, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov unga mazkur maktubni avvalroq ko‘rsatgan, biroq ishchi uchrashuvlar va tadbirlar sabab uni batafsil ko‘rib chiqishga vaqt topa olmagan.

 

“Kecha matbuot kotibi menga bu xatni ko‘rsatdi. Biroq biz O‘zbekiston Prezidenti bilan ishchi uchrashuv va ishchi kechki ovqat o‘tkazdik. Shu sababli hujjatni ko‘rib chiqishga vaqt bo‘lmadi. Bugun ertalab esa u yana maktubni taqdim etdi va men u bilan tanishdim”, — degan Rossiya prezidenti.

 

Shuningdek, Putin Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni hal etish bo‘yicha asosiy qarorlar aynan ikki davlat tomonidan qabul qilinishi lozimligini ta’kidlagan. Uning qayd etishicha, boshqa mamlakatlar va xalqaro hamkorlar muzokaralar uchun zarur sharoit yaratishi hamda kafil sifatida ishtirok etishi mumkin.

 

“Tabiiyki, asosiy masalalar Rossiya va Ukraina o‘rtasida hal qilinishi kerak. AQSH va boshqa davlatlardagi hamkorlarimiz esa zarur sharoitlarni yaratishi hamda kafil sifatida harakat qilishi mumkin”, — deya ta'kidlagan Putin.

 

Eslatib o‘tamiz, 4-iyun kuni Vladimir Zelenskiy Vladimir Putinga yo‘llagan ochiq xatida shaxsiy uchrashuv o‘tkazish va tomonlar o‘rtasida sulhga erishish masalalarini muhokama qilishni taklif qilgan edi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashuv va kechki ovqat sabab Zelenskiyning xatini o‘qishga ulgurmadim — Putin | Zamon.uz