O'zbekiston

O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov vafot etdi

Ibrohim G‘afurov mumtoz adabiyot, folklor, adabiy tanqid va badiiy tarjima sohalarida samarali ijod qilgan.

O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov vafot etdi

Yozuvchi, adabiyotshunos, tarjimon va O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ma’lum qildi.

 

Ibrohim G‘afurov 1937 yil 27 dekabrda Toshkent shahrida hunarmand oilasida tavallud topgan. U o‘rta maktabni tugatgach, 1956–1961 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti filologiya fakultetida tahsil olgan.

 

Mehnat faoliyati davomida Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri va bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 

 

Shuningdek, 1982–1995 yillarda “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida bosh muharrir o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

 

Ibrohim G‘afurov mumtoz adabiyot, folklor, adabiy tanqid va badiiy tarjima sohalarida samarali ijod qilgan, ko‘plab yirik adabiy loyihalar va ko‘p jildli asarlarning nashr etilishiga munosib hissa qo‘shgan. 2021-yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan.

 

U 2025 yilda Ogahiy nomidagi Xalqaro badiiy tarjimonlik tanlovida jahon nasrini o‘zbek tiliga tarjima qilish yo‘nalishi bo‘yicha taqdirlangan.

 

Bundan tashqari, u 1995 yilda Milliy tiklanish demokratik partiyasi tashkil etilishida ishtirok etgan hamda keyinchalik partiya raisi va “Milliy tiklanish” gazetasi bosh muharriri lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.