O'zbekiston

“Prokuror” deb ko‘rsatilgan shaxs gaz “zapravka” direktori ekani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi bilan tortishib, o‘zini prokuror sifatida tanishtirgan shaxs ishtirokidagi video yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy munosabat bildirdi.

“Prokuror” deb ko‘rsatilgan shaxs gaz “zapravka” direktori ekani aniqlandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda o‘zini prokuror sifatida tanishtirgan shaxs prokuratura organlarida xizmat qilmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.

 

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tekshiruv natijasida videoda aks etgan erkak prokuratura tizimi xodimi emasligi aniqlangan. Shu sababli uning prokuratura organlariga aloqadorligi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ta’kidlandi.

 

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, mazkur shaxs Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan gaz to‘ldirish shoxobchalaridan birida direktor lavozimida faoliyat yuritishi aniqlangan.

 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Damas haydovchisi va ikki erkak o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv aks etgan video tarqalgan edi. Unda avtomobilni xususiy hududdan olib chiqish masalasida bahs yuzaga kelgani qayd etilgan.

 

Hozircha mazkur holat yuzasidan shaxsga nisbatan ko‘rilgan choralar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

 

custom img

Navoiyda Damas’da 17 nafar bog‘cha bolasi tashigan haydovchi jazolandi

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklar uchun minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan yo‘llangan tabriklarni Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va xalqqa bildirilgan hurmat ifodasi deb baholadi.

custom img

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi uchta hujjatli film xalqaro telekanallarda namoyish etildi

24-iyul kuni Rossiya 24, Rossiya Kultura va Euronews telekanallarida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining yaratilish tarixiga bag‘ishlangan uchta hujjatli film ilk bor efirga uzatildi. Filmlarda markazning tashkil etilishi, xalqaro ahamiyati va uning amalga oshirilish bosqichlari yoritilgan.

custom img

Saida Mirziyoyeva sudyalar va sud tizimi xodimlarini tabrikladi

Saida Mirziyoyeva 25-iyul — Xalqaro sudyalar va sud tizimi xodimlari farovonligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘llab, sudyalar farovonligi adolatli va odil sudlovning muhim sharti ekanini ta’kidladi.

custom img

Boysundagi texnogen avariyani bartaraf etishga Xitoy mutaxassislari jalb qilinadi

Tomonlar qutqaruv-burg‘ilash ishlarini tez fursatda boshlash hamda zarur texnika va mutaxassislarni obyektga yetkazishga kelishib oldi.

custom img

Qashqadaryoda erkak o‘lgan itni Damas'ga bog‘lab sudradi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkentda mast ayol yo‘lning qatnov qismiga yotib oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"