O'zbekiston

Surxondaryodagi Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ davlat muhofazasiga olinadi

Holat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Surxondaryodagi Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ davlat muhofazasiga olinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida Aleksandr Fedin tomonidan barpo etilgan bog‘ taqdiri hamda uning salomatligi bilan bog‘liq holat yuzasidan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, holat O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

 

Hozirda Aleksandr Fedin Termiz shahridagi tez tibbiy yordam klinik shifoxonasiga joylashtirilgan bo‘lib, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. 

 

Shuningdek, uni munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash va Qo‘mita huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimiga ishga joylashtirish bo‘yicha choralar ko‘rilayotgani bildirildi.

 

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Fedinning mamlakat ekologiyasi va ko‘kalamzorlashtirish sohasiga qo‘shgan hissasi inobatga olinib, u barpo etgan bog‘ni saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan hujjat tayyorlanmoqda.

 

Mazkur hududni jamoatchilik uchun ochiq ekologik park sifatida tashkil etish hamda uni Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazish rejalashtirilgan. Kelgusida park negizida jamoat bog‘i tashkil etilib, hududning noyob tabiiy merosini saqlash va boyitish choralari amalga oshiriladi.

 

Mas’ullar Aleksandr Fedinning taqdiriga befarq bo‘lmagan fuqarolarga minnatdorlik bildirdi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.