O'zbekiston

Toshkent bir uyni ikki kishiga sotgan aka-ukalar ushlandi

Sotuvchilar xaridordan 363 ming dollar avans olganiga qaramay, uy boshqa xaridorga sotilgan.

Toshkent bir uyni ikki kishiga sotgan aka-ukalar ushlandi

 

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida ko‘chmas mulk savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma'lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, aka-uka bo‘lgan ikki fuqaro o‘zlariga tegishli uyni sotuvga qo‘ygan. Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro mazkur uyga xaridor sifatida qiziqish bildirgan va tomonlar o‘rtasida uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng uy narxi 900 ming AQSH dollariga kelishilgan.

 

Kelishuvga ko‘ra, xaridor uy rasmiylashtirilgunga qadar 363 ming AQSH dollari miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirgan. Qolgan mablag‘ esa mulk huquqi rasmiylashtirilgach to‘lanishi kerak bo‘lgan.

 

Biroq sotuvchilar pul mablag‘larini olganidan so‘ng xaridor bilan aloqani to‘xtatgan. Fuqaro aldanganini anglab, ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

 

Tergov davomida sotuvchilar avans pulini olganiga qaramay, mazkur uyni boshqa shaxsga sotib yuborgani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan 1986 va 1987-yillarda tug‘ilgan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Zangiotada ko‘p qavatli binodan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan fuqaro qutqarib qolindi

Fuqaroning ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi aniqlanib, uni ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga yuborish choralari ko‘rilgan.

custom img

O‘zbekistonda “TOP-100” rahbarlar tanlovi yo‘lga qo‘yiladi

2030-yilgacha 1,5 ming nafar yuqori salohiyatli mutaxassisdan iborat milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

O‘zbekiston va Turkmaniston TIVlari o'rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyaning Ashxobodga rasmiy tashrifi doirasida Turkmaniston rahbariyati bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

custom img

O‘zbekiston TIVda “Dolzarb viza” oyligi boshlandi

Oylik doirasida o‘zbekistonliklar uchun vizasiz mamlakatlar sonini oshirish va viza olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan muzokaralar faollashtiriladi.

custom img

O‘zbekistonda taqiq yoki xatlovdagi uyda ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat beriladi

Ko‘chmas mulkka oid huquqlarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtiriladi. Ayrim holatlarda uy-joyni sotishdan olingan daromadni soliqqa tortish tartibi ham o‘zgaradi.

custom img

Toshkentda qariyb 3,2 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Tezkor tadbirlar davomida geroin, gashish, opiy va mefedron musodara qilinib, bir necha shaxs qo‘lga olingan.

custom img

Ellikqalʼada voyaga yetmagan shaxs otasining mashinasida avariyaga uchrab, boshqa mashinaga 79 mln zarar yetkazdi

Yetkazilgan zarar uning otasining ish haqi hisobidan MIB orqali jabrlanuvchiga undirib berilgan.

custom img

Toshkentda MIB xodimning 255 mln ish haqini undirib berdi

Qarzdor korxona ixtiyoriy muddatda sud qarori talablarini bajarmagach, unga nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"